Xitoyda tarqalgan yangi koronavirusning birlamçi alomatlari şamollaşdagi kabi böladi. Bu asosan tana harorati kötarilişi va yötal hisoblanadi. Şu bilan birga, uşbu kasallik dastlabki bosqiçda boşqaça körinişda ham namoyon bölişi mumkin, deb xabar berdi NHK telekanali.  

Yaponiyalik jurnalistlarning ma'lumotlariga köra, virus öçoği hisoblangan Uxan şahrida u bilan çaqiriluvçi zotiljamdan kasallanganlar köp sonda kuzatilmoqda. Biroq şifoxonalarga murojaat qilganlarning köpçiligi isitma va yötaldan şikoyat qilişmagan. 

Misol uçun, yangi turdagi zotiljamdan kasallanganlardan birida 3 kun davomida içburuğ kuzatilgan va u şu muammo bilan şifoxonaga kelgan. Unda koronavirus borligi kompyuter tomografiyasi va qöşimça tahlillar natijalari olingandan keyingina aniqlangan. Şifokor bemor boşqa kasallanganlar bilan muloqotda bölganini bilgaç uni sinçkovroq örganişga qaror qilgan.

Şifokorlar koronavirusning birlamçi alomatlari orasida nafaqat isitma va yötal, balki ovqat hazm qiliş va asab tizimidagi turli buzilişlar bölişi mumkinligidan ogohlantirişmoqda. Jumladan, gap oşqozon faoliyati buzilişi, köngil ayniş, boş oğriği va umumiy holsizlik haqida bormoqda.