Avvalroq «Leypsig» ispaniyalik futbolçi uçun 30 mln yevro tölaşi haqida aytilgandi. Bonuslar hisobiga bu summa 45 million yevrogaça yetişi mumkin.
Olmoning sotuvi «Dinamo» va butun xorvat futboli tarixidagi rekord transferga aylandi.
Nemislar klubi uşbu futbolçi uçun kuraşda «Milan», «Vulverhempton» va «Barselona»ni ortda qoldirdi. Ma'lumot uçun, havbek kataloniyaliklar klubi tarbiyalanuvçisi hisoblanadi.

«Espanol» va «Barselona» klublari akademiyalaridagi tahsildan keyin u öyin amaliyotiga ega böliş uçun 2014 yilda Zagrebning «Dinamo» klubiga yöl olgan. Texnikasi kuçli, yuqori tezlikka va kuçli zarbaga ega bölgan bu yarimhimoyaçi 2018 yilda Xorvatiyaning eng yaxşi futbolçisi sifatida e'tirof etilgandi. Joriy mavsumda esa u özini jahonga tanitdi, YeÇL guruh bosqiçida «Siti» darvozasiga yöllagan golidan keyin uni top-klublar köz ostiga olib qöydi, qolaversa Ispaniya terma jamoasiga ilk marta çaqiruv oldi. Xorvatiya çempionatida 9 öyinda 3 gol va 3 golli uzatmaga, Çempionlar ligasida esa 5 gol va 4 golli uzatmaga (saralaş bosqiçi qöşib hisoblanganda) mualliflik qilgan futbolçi yil yakunlariga köra Xorvatiya çempionatidagi eng yaxşi yoş futbolçi va eng yaxşi futbolçi sifatida taqdirlandi.
«Leypsig» imi-jimida qişning eng yaxşi transferlaridan birini amalga oşirdi
«Tottenhem» va «Inter» şov-şuvli transferni amalga oşirişga tayyorlanayotgan vaqtda, Leypsigdagilar Zagrebdan Yevropaning «kuçli beşlik» çempionatlaridan taşqaridagi eng yaxşi futbolçini safga qöşib olişdi. Dani Olmo «RB Leypsig»ga hozirgi bozor narxlarida ança arzon hisoblanadigan 30 mln yevroga tuşdi va jamoa asosiy muammosini hal qildi - vaziyatlar yaratuvçi ijodkor hujumkor futbolçi tarkibni töldirdi. Yana bir qança diqqatga sazovor jihatlar borki, ularga quyida töxtalib ötiladi.
Birinçidan, transfer kişibilmas amalga oşirildi. Çempionlar ligasidagi yorqin öyinlaridan keyin grand klublar e'tiboriga tuşgan Olmo yana bir muddat Yevropa klublari nazaridan çetda qolganda nemislar bundan unumli foydalanişdi.
«Barselona» akademiyasida futbol sir-asrorlarini örgangan Olmo jamoaning asosiy tarkibiga kira olmasligiga közi yetgaç özi uçun notaniş Xorvatiyaga yöl oldi va bu yerda öyinini yanada kuçaytirdi: u yoşlar örtasidagi Yevropa çempionatining finalidagi eng yaxşi futbolçi deb tan olindi; turnir ramziy terma jamoasidan örin oldi; Çempionlar ligasining joriy mavsumdagi kaşfiyotlaridan biri böldi. 21 yoşli Danida ispan pasporti va «Barselona» tarbiyalanuvçisi ekani xaridor klublar uçun yana bir fazilat. Odatda bunday futbolçilar narxi 50 mln yevrodan boşlanadi, bunday futbolçilarning agenti esa erinmasdan narx böyiça tortişadi. Ammo yuqori saviyaga ega bölgan Olmo bilan bunday bölmadi. Bu orqali piar bugungi kunda futbolçining özidan qimmatroq turişi yana bir bor isbotlandi.
Ikkinçidan, yoş va bölajak yulduz futbolçining tanlovi şuni körsatmoqdaki, Yevropada futbol xaritasi özgarmoqda. Yanada rivojlanişni istaydigan yoş futbolçilar markazlarga emas, megapolislarga yöl olişmoqda. Şarqiy Germaniyadagi Leypsig yagonamas, avvalroq YeÇLning boşqa bir kaşfiyoti Erling Holand Angliya yoki Ispaniya variantlari turganida şaxtyorlar şahri bölmiş Dortmundni tanlagandi, Martin Edegor esa Amsterdamning «Ayaks» variantidan voz keçib, 150 ming kişi yaşaydigan San-Sebastyanga ravona bölgandi.
Zavodçilar şahri şarafini himoya qiluvçi «Volfsburg» klubi sardori Maksi Arnold bir safar buni şunday izohlagandi: «Volfsburg böm-böş, tomoşa qilişga arzigulik deyarli heç narsa yöq, ya'ni, heç narsa e'tiborni maşğulotlardan çalğitmaydi». Arnold 25 yoşda, futbolçilarning yangi avlodida şunday professional kuzatilmoqda.
Uşbu transferning yana bir e'tiborga molik jihati — atigi 30 mln yevroga amalga oşganida. «Leypsig» uçun bunday miqdordagi summa — arzimas miqdor; klub istalgan summani tölay oladigan darajada boy, lekin jamoa avvalroq Holand bilan boğliq vaziyatda ham ataylab auksionda iştirok etmadi. Buni «RB» sun'iy jamoa bölib qolişni istamayotgani bilan tuşuntiriş mumkin, nemislar grand klublar kabi şunçaki öz brendini suiiste'mol qilib yuz millionlab pullarni sovurişni istamayapti.
Boşqa tomondan, «Leypsig» strateg Ralf Rangnik boşçiligida muhim ijtimoiy-iqtisodiy tajriba ötkazmoqda. Klub aqlsizlik bilan pul sarflamasdan, noldan elitaga kirişga intilmoqçi. Olmoning transferi — bu tajriba muvaffaqiyati tomon qöyilgan navbatdagi qadam. Leypsig kelajakda yulduz futbolçi bölişi kutilayotgan yoş iste'dodni qölga kiritdi va tarkibini yanada kuçaytirdi, bu tarkibda ispaniyalik futbolçiga yanada rivojlaniş imkoniyati taqdim etiladi.












