AQŞ Suriya hukumati va uni qöllab-quvvatlayotgan davlatlarga qarşi eng keskin diplomatik va iqtisodiy çoralar qabul qilişga tayyor. Bu haqda AQŞ davlat kotibi Maykl Pompeoning bayonotida aytiladi.
"Qöşma Ştatlar Rossiya, Eron rejimi, "Hibulloh" va Asad rejimining birlaşgan kuçlari Idlib viloyati va Halab ğarbiy qismidagi aholiga keng miqyosli hujumlar uyuştirayotgan vaziyatni jiddiy taşviş bilan kuzatmoqda. Qöşma Ştatlar Asad rejimi va uning şafqatsiz harakatlarini qöllayotgan har qanday davlat va şaxsga nisbatan eng keskin diplomatik va iqtisodiy çoralar körişga tayyor", - deyiladi bayonotda.
Bayonotda ta'kidlanişiça, Rossiya, Eron, "Hizbulloh" va Suriya armiyasining harakatlari Suriya şimolida öt oçişni töxtatiş rejimini örnatişga bevosita qarşilik qiladi.
Suriya şimoli, Idlibda öt oçişni töxtatiş rejimi 12 yanvar kuni kuçga kirgandi.












