Finlyandiyada Xitoyda tarqalgan yangi koronavirusni yuqtiriş böyiça ilk holat qayd qilindi. Bu haqda Yle teleradiokompaniyasi portali xabar berdi. 

Ta'kidlanişiça, koronavirus Finlyandiyaga virus öçoği hisoblangan Uxandan 5 kun avval kelgan 32 yoşli sayyoh ayolda topilgan.  

Ayolning özi ötgan hafta unda kasallik alomatlari paydo bölganiga gumon bilan Ivalo şahri şifokorlariga murojaat qilgan. Ta'kidlanişiça, ayol yana 15 kişi bilan muloqotda bölgan, ularning barçasi 2 hafta davomida nazorat ostida böladi.

Avvalroq finlyandiyalik tibbiyotçilar Uxandan kelgan ikki sayyohning tahlillarini tekşirişayotganini ma'lum qilişgan. Ikkinçi sayyohning tahlili haqida hozirça ma'lumot yöq.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, Xitoyda koronavirusdan kasallanganlar soni 6078 nafarni, vafot etganlar soni 132 nafarni taşkil qilmoqda.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) koronavirusning tarqalişi jadallaşgani sababli 30 yanvarga favqulodda qömitasining maxsus yiğilişini çaqirtirmoqda. Yiğiliş taşkilotning Jyenevadagi boş qarorgohida bölib ötadi.

Qömita koronavirus tarqalişi xalqaro miqyosdagi favqulodda vaziyat ekani-yöqligini belgilaşi lozim böladi.  

JSSTning koronavirus böyiça ilk yiğilişi ötgan hafta bölib ötgandi. Öşanda taşkilot boş direktori yangi koronavirusni xalqaro miqyosdagi favqulodda vaziyat deb e'lon qilişga hali ertaligiga qaror qilgandi.