Ukraina korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy byurosi AQŞ sobiq prezidenti Barak Obama, Ukraina sobiq prezidenti Pyotr Poroşenko va AQŞ sobiq vitse-prezidenti Jozef Baydenlar nomi tilga olingan korrupsiya ayblovi böyiça suriştiruv boşladi. Bu haqda oliy rada deputati Renat Kuzmin ma'lum qildi.

"Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy byurosi xalqaro moliyaviy yordamni öğirlagani va öğirlangan mablağlarni legallaştirgani uçun Poroşenko va Obamaga qarşi iş boşladi", - deb yozdi u özining Telegram-kanalida.  

Deputatning aniqlik kiritişiça, "Donald Trampning advokati Rudolf Juliani tomonidan Ukrainadagi korrupsiya töğrisida keltirilgan faktlar örganiladi".

14 yanvarda Kuzmin "byuro detektivlari 2014 yilda Ukrainada kim va qanday maqsadlarda hokimiyatni qölga olgani, Trampning şaxsiy advokati Juliani yozgan 100 mlrd dollar qanday va kim tomonidan öğirlangani va ofşorlarga olib çiqib ketilganini aniqlaşlariga töğri kelişi"ni yozgandi.

Uning aytişiça, Juliani Ukrainada öğirlangan pullar Poroşenko, [Xillari] Klinton va Bayden tomonidan 30/70 nisbatda özlaştirilgan.