Özbekiston Oliy Majlisi Senatining Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi Özbekiston Taşqi işlar vazirligi mutasaddilaridan ayni kunlarda Xitoyda bölib turgan özbekistonlik yoşlar ahvoli haqida ma'lumotlar oldi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinişiça, hozirda Xitoyning koronavirus tarqalgan murakkab epidemik vaziyat hukm surayotgan hududida 72 nafar özbekistonlik talaba mavjud bölib, ular bilan Özbekistonning Xitoydagi elçixonasi, Boş konsulxonasi xizmati xodimlari hamda universitet ma'murlari tomonidan doimiy muloqot olib borilmoqda.

«Özbekistonlik talabalarning soğliği bilan boğliq heç qanday şikoyatlar mavjud emas. Vaziyat töliq nazoratga olingan», deyiladi Senat xabarida.

Bundan avvalroq Taşqi işlar vazirligi virus öçoği bölmiş Uxanda qolib ketgan özbekistonlik talabalar soni 30 nafardan ortiqligi, ularni olib ketiş töğrisidagi murojaatga Xitoy hukumati rad javobi berganini ma'lum qilgandi.

28 yanvar kuni Özbekiston Boş vaziri Abdulla Aripov raisligida mamlakatga Xitoyda tarqalgan yangi turdagi koronavirus kirib kelişining oldini oliş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazilgan.

Sönggi ma'lumotlarga köra, virusni yuqtirib oliş oqibatida halok bölganlar soni 170 nafarga yetdi, virusdan kasallanganlar soni 7771 nafarni taşkil etmoqda.