"AQŞ Belarusga öz suveren davlatini taşkil qilişiga yordam bermoqçi. Energiya resurslari işlab çiqaruvçilarimiz sizlarni zarur neft bilan raqobat narxlarida yuz foizga ta'minlaşga tayyor", — dedi u jurnalistlarga Minskda.

Pompeo Minskka Yevrosiyo turnesi doirasida taşrif buyurdi. Qayd etilişiça, uşbu taşrifdan maqsad — AQŞning "suveren, mustaqil, barqaror va farovon Belarus" tarafdori ekanligini va ikki tomonlama munosabatlarni yaxşilaşga urinişini tasdiqlaş.

Minsk hozirda faqat Rossiyadan neft sotib oladi, ammo bu borada yangi şartnoma tuziş qiyin keçmoqda. Şartnoma yöqligi bois Rossiya 1 yanvardan mamlakatga neft yetkazib berişni töxtatgandi, ammo bir neça kundan söng yetkazib beriş tiklandi. Tomonlar haligaça şartnoma imzolay olmadi.