Ispaniya çempionatining 22-turida «Barselona» öz maydonida «Levante»ni qabul qilib, Anssumane Fatining dubli evaziga ğalaba qozondi. E'tiborlisi, 17 yoşli hujumçi 2ta töpni 100 soniya içida kiritdi. Mehmonlardan yagona javob goliga Roçina mualliflik qildi.
Ğalabadan söng «Barselona» oçkolarini 46taga yetkazib, peşqadam «Real»dan 3 oçko ortda qolmoqda. «Levante» esa 26 oçko bilan 13-örinda qoldi.
La Liga, 22-tur
Barselona – Levante 2:1
2 fevral, «Kamp Nou»
Gollar: Fati (30, 31) – Roçina (90+2).
Barselona: ter Stegen, Pike, Langle, Alba, Semedu, Rakitiç, Buskets, de Yong (Artur, 80), Fati (Puç, 87), Messi, Grizmann (Serji Roberto, 71).
Levante: Fernandes, Tono, Postigo, Vezu, Miramon, Kampanya, Roçina, Melero (Ernani, 60), Vukçeviç (Bardi, 80), Roxer Marti, Morales (Mayoral, 60).
Ogohlantirişlar: Pike (65), Alba (65).











