Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarning Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 5 fevral kuni Moskvaga taşrifi nega qoldirilgani töğrisidagi savolga javob qaytardi.

«5 fevral kuniga bunday taşrif rejalaştirilmagandi. Uning taşrifi böyiça heç qanday reja yöq edi, şu tufayli taşrif qoldirilgani töğrisidagi gapga örin yöq. Bu töğri ma'lumot emas», deya Peskovning sözlarini keltirmoqda RIA Novosti.

Bundan avvalroq «Kompaniya» jurnali Rossiya Federatsiyasi Taşqi işlar vazirligidagi manbasiga asoslanib Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 5 fevral kuni Moskvaga amalga oşirilişi kerak bölgan taşrifi bekor qilingani töğrisida xabar tarqatgandi.

Eslatib ötamiz, ötgan yilning oktyabrida Özbekiston Senati raisi örinbosari Sodiq Safoyev Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston prezidenti sifatida Rossiyaga ikkinçi taşrifi 2020 yilning fevralida amalga oşirilişi haqida ma'lum qilgandi. Keyinroq, ötgan yilning dekabri oxirida Özbekiston Taşqi işlar vaziri örinbosari Ilhom Ne'matov ikki tomon Özbekiston prezidentining Moskvaga taşrifi 2020 yilning 5 fevralida bölişiga tayyorlanayotgani haqida xabar qildi.

Rossiya Taşqi işlar vazirligining You Tube portalidagi kanalida joylaştirilgan videoda esa 2020 yilning yanvarida Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovning Toşkentga taşrifi vaqtida (15-16 yanvar) Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev rossiyalik vazirga Moskvaga taşrifi fevraldan iyulga köçirilgani töğrisida aytganini köriş mumkin. Prezident «Yaxşilab tayyorgarlik köriş kerakligi, kun tartibi mukammal bölişi» maqsadida şunday qarorga kelingani haqida gapirgan.

24 yanvarda esa Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali suhbatlaşib, Şavkat Mirziyoyevning Rossiyaga taşrifiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilgandi.