Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2020 yilning 5 fevralida Rossiyaga taşrif buyurişni rejalaştirgan. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vaziri örinbosari Ilhom Ne'matov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida aytib ötgan.
«Fevral oyi boşida. Bu protokolga boğliq, qolaversa Yangi yil. Ammo hozirça 5 fevral deyişmoqda. 5 fevralga tayyorlanyapmiz: Rossiya tomoni ham, Özbekiston tomoni ham. Prezident Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev Özbekiston va Rossiya munosabatlarini har tomonlama mustahkamlaş va rivojlantirişga katta ahamiyat bermoqda», degan diplomat.
U davlatlar örtasida mahsulot ayirboşlaş hajmi bemisl darajada ösib borayotgani, ikki davlat prezidentining siyosiy muloqoti mustahkamlanişda davom etayotganini qayd etib ötgan.
Nematovning sözlariga köra, Şavkat Mirziyeyov Rossiya prezidentida 9 may kuni Moskvada ötkaziladigan Ğalaba kuni bayramida iştirok etiş uçun ham taklif olgan.
«Vladimir Vladimiroviç Putindan taklifnoma borligini bilaman. Öşa yerda hamma yiğiladi. Öylaşimça, Özbekiston prezidenti ham u yerga boradi. Taklifnoma bor, albatta, uşbu taklif qabul qilingan», degan vazir örinbosari.








