2020 yilning 5 fevral kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Dilşod Axatov mamlakatda öz missiyasini yakunlayotgan Turkiya hamkorlik va muvofiqlaştiriş agentligining (TIKA) Toşkent şahridagi vakolatxonasi rahbari Ali Ixsan Çağlar bilan uçraşdi.

Tomonlar soğliqni saqlaş va qişloq xöjaligi sohalariga hamda kiçik va örta biznesni rivojlantiriş, turli sohalarda mutaxassislar malakasini oşiriş böyiça amalga oşirilgan dasturlarga urğu berib, Özbekiston va TIKA örtasida örnatilgan aloqalar darajasini yuqori baholadilar. Xususan, ötgan yil davomida Agentlik Özbekistondagi loyihalarni qöllab-quvvatlaş uçun qariyb 30 million dollar ajratgani aytiladi.

Hamkorlikning madaniy-gumanitar jihatlariga alohida e'tibor qaratildi. 2019 yil 20-29 sentyabr kunlari Toşkent şahrida özbek va turk rassomlarining asarlari namoyiş etilgan «Zamonlar oşa madaniyat: Özbekiston» nomli körgazma va konferensiyaning muvaffaqiyatli ötkazilgani ta'kidlandi.

Vazir örinbosari vakolatxona rahbari Ali Ixsan Çağlarning Özbekiston-Turkiya munosabatlarini rivojlantirişga qöşgan şaxsiy hissasi uçun minnatdorlik bildirdi va kelgusi işlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Ali Ixsan Çağlar TIKAning Toşkentdagi vakolatxonasi rahbari sifatidagi faoliyatini har tomonlama qöllab-quvvatlagani uçun Özbekiston tomoniga minnatdorçilik bildirdi.