2020 yil 6 fevral kuni soat 00:10larda Qöqon şahar, General Uzoqov köçasida joylaşgan çoyxonada fuqaro J.J. fuqaro B.M. va uning ikki nafar şeriklari bilan janjallaşgan.

Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Hayot Şamsutdinovning ma'lum qilişiça, janjal davomida J.J. çoyxona kiriş eşigi oldida turgan B.M. va uning şeriklariga özida bölgan öqotar qurol (ov miltiği)dan ikki marotaba öq otib, tan jarohati yetkazgan va voqea joyidan yaşiringan. 

Jabrlanuvçilar olgan jarohatlarning oğirlik darajasini aniqlaş maqsadida sudga oid ekspertiza tayinlangan. 

Mazkur holat yuzasidan JKning 25, 97-moddasi 2-qismi "a, p" bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.    

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.