Xitoy koronavirus tarqalişi sababli Xitoyga nisbatan öta keskin çeklov çoralari joriy etgan mamlakatlarga norozilik bildirdi. Bu haqda XXR taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Xua Çunin ma'lum qildi.

U Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JST) Xitoy hukumatining kasallik tarqalişiga qarşi körayotgan çoralarini yuqori baholaganini va Xitoy bilan aloqalarni çeklaşni tavsiya etmaganini ta'kidladi. Qator davlatlar keskin çoralar körganidan söng Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkiloti (XFAT) ham mamlakatlarni JST tavsiyalariga rioya qilişga çaqirdi.

"Biz JST va XFATning professional tavsiyalarini inkor etgan tegişli davlatlarga norozilik bildiramiz", - dedi Xua Çunin.

Uning sözlariga köra, bu davlatlarning harakatlari kasallik tarqalişining oldini olişda yordam bermaydi, balki jamiyatda sun'iy ravişda vahima keltirib çiqaradi.

Avvalroq Xitoy AQŞni koronavirus töğrisida ataylabdan vahima tarqatişda ayblagandi.

Sönggi ma'lumotlarga köra, Xitoyda koronavirusga çalinganlar soni 28 mingdan oşgan, 563 kişi vafot etgan.