Prezident öz vakolatini suiiste'mol qilganligi töğrisidagi ayblovga 48 kişi ovoz bergan, 52 nafar senator prezidentni aybsiz deb topgan. Impiçment amalga oşişi uçun esa Senatdagilarning uçdan ikki qismi — 67 senator ovoz berişi talab etilardi. Bu ayblovni Senatdagi barça demokratlar va bir respublikaçi qöllab-quvvatladi.

Ikkinçi punkt böyiça ayblovni esa (Kongress işiga xalal beriş) faqat 47 nafar senator qöllab-quvvatlagan, 53 senator Trampni hokimiyatdan çetlatişga qarşi bölgan.

Ovozlar soliştirilganda, senator-respublikaçi  Mitt Romni faqat birinçi ayblov uçun ovoz bergani, ikkinçi ayblov böyiça impiçmentga qarşi bölganini köriş mumkin.

Natija oldindan ma'lum edi

Ötgan yilning sentyabrida boşlangan impiçment jarayoni qanday yakunlanişi haqida demokratlarning yetakçilari Senatdagi eşituvlar boşlanişidan avval ham bilişardi.

2019 yilning dekabr oyi oxirida NBC efirida çiqiş qilgan demokrat senator-demokrat Kristofer Kuns Kongressning yuqori palatasidagi eşituvlar yakunlanganidan keyin Tramp özini qanday tutişidan «juda taşvişda ekani»ni ma'lum qilgandi. U Senatdagi respublikaçilar prezidentni oqlaşiga şubha bildirmagandi.

«Respublikaçilar köpçilik bölgan Senat impiçment e'lon qilib, uni jazolaşdan boş tortişsa, u çeklanmagan hokimiyatga ega böladi», - tusmol qilgandi Kuns. Senator AQŞ prezidentining keyingi harakatlarini taxmin qilib ham bölmasligini qöşimça qilgan.

Aftidan, bunday qörquvni Kongress spikeri Nensi Pelosi ham his qilgan, u sönggi uç yilda partiyadoşlarini bir neça bor Tramp impiçmenti böyiça taşabbusdan voz keçişga çaqirgandi.

Ötgan yilning martidayoq u demokratlar va respublikaçilar örtasidagi kelişmovçiliklarni nazarda tutgan holda prezidentni hokimiyatdan çetlatişga uriniş «mamlakat uçun yomon oqibatlar» keltirişi mumkinligidan ogohlantirgandi. Pelosi öşandayoq bu jarayon demokratlar kutgan natija bilan tugaşi borasida illyuziyalarga berilmagani aniq edi.

Tramp nima yutdi?

AQŞ prezidenti Senatdagi natijadan keyin ğalabasi haqida jar solişiga demokratlar orasida heç kim şubha qilmasdi.

Senat qarori Tramp barçasini töğri bajarganini körsatmoqda, demoqda tahlilçilar

«Biz prezidentni yaxşi bilamiz. Agar Senatda unga qarşi 67 ovoz yiğilmasa u bu jarayon «jodugar ovi» bölganini aytib, özini oppoq qilib körsatadi», degandi dekabr oyida yuqori martabali senator-demokrat Dik Darbin Vaşingtonning The Hill naşriga.

Kongress spikeri Nensi Pelosi bir neça bor Senatdagi eşituv natijalari heç narsani anglatmasligini ta'kidlagandi. U Donald Tramp baribir tarixga AQŞning impiçment e'lon qilingan uçinçi prezidenti sifatida kirişi va bundan heç qanaqasiga xalos bölolmasligiga e'tibor qaratgandi.

Siyosatşunoslar esa Donald Tramp Senatdagi natijadan özining yangi prezidentlik kampaniyasida foydalanişiga şubha qilişmayapti.

«U buni öz ğalabasi sifatida e'lon qiladi, unga moyil bölgan saylovçilar Vaşington isteblişmenti bilan mardonavor olişgan haqiqiy qahramonga ovoz beriş kerakligiga işontiriladi. Impiçmentga uriniş natijalari unga hali tanlov borasida ikkilanib turgan yangi saylovçilarning ovozlarini ham keltirişi mumkin», deb hisoblamoqda Stoni Bruk universiteti professori, politolog Jonatan Sanders.

Siyosatşunoslarning fikriça, AQŞ prezidenti impiçmentiga uriniş barbod bölişini uning ma'muriyati mamlakatni boşqarişda va taşqi siyosatda töğri va samarali strategiya qöllaganiga isbotdir.

«Senatning qarori şuni körsatadiki, senatdagilar Tramp barçasini töğri qilmoqda, deb baholaşmoqda. Şunday ekan, xorijiy davlatlar rahbarlari Tramp Ukraina prezidenti Zelenskiydan söragani kabi işlarni söraşiga tayyor turişi kerak. Agar Tramp 2020 yilning noyabrida ham ğalaba qozonsa, Kongressda uning harakatlarini nazorat qiliş uçun deyarli heç qanday imkon qolmaydi: u AQŞ tarixidagi eng murakkab siyosiy jarayonni boşidan ötkazib, undan omon çiqdi. Endi u istagan işni qilişim mumkin deb hisoblaydi», deydi Vaşingtondagi Brukings instituti eksperti, Harvard universitetidagi hukumat maktabi asosçisi Marvin Kalb. 

Kolumbiya universitetining yuridik fakulteti öqituvçisi, professor Riçard Frolik Trampning huquqşunoslarining Senatdagi eşituv vaqtidagi harakatlari juda xavfli pretsedent yaratişi mumkinligini istisno qilmagan.

«Oq uy köp oylar mobaynida kongressmenlar tomonidan talab qilingan hujjatlarni taqdim qilişdan boş tortib kelişdi, ma'muriyat xodimlari guvohlik berişi taqiqlandi. Ammo buning uçun Tramp jazosiz qoldi, Senat uni oqladi. Bundan keyin ma'muriyatdagilar davlat rahbari Kongressning har qanday talabini rad etişga haqli deb öylaşlari mumkin, kongressmenlar esa ijro hokimiyati ustidan nazoratni yöqotişadi», deydi u.

Demokratlar nima yutqazişdi?

Senatda eşituv boşlanişi bilanoq CNN telekompaniyasi jamoatçilik fikri örtasida ötkazilgan sörov natijalarini e'lon qildi, unda söralganlarning 51 foizi Tramp hokimiyatdan çetlatilişi tarafdori ekani ma'lum bölgan. Boşqa sörovlar ham şunday natijalarni körsatgan.

Lekin respublikaçilarning fikrini prezidentning milliy xavfsizlik böyiça sobiq maslahatçisi Jon Boltonning bayonoti ham özgartira olmadi. U özining memuar kitobida Donald Tramp unga Ukrainaga harbiy yordamni töxtatişni va Kiyev 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida Trampning asosiy raqibi bölişi kutilayotgan Jo Baydenga qarşi tekşiruv boşlamaguniça yordamni tiklamaslikni buyurgani haqida yozgandi.

Sörovnomada qatnaşganlarning yarmidan köproği Tramp hokimiyatdan çetlatilişini yoqlagan

Şuningdek, prezidentning şaxsiy advokati bölmiş Rudolf Julianining sobiq yordamçisi Lev Parnas demokratlarga Tramp Ukrainadagi elçi Mari Yovanoviçni zudlik bilan işdan böşatişni buyurgani, u öz atrofidagilar bilan 2016 yilgi saylovlarga Moskva emas, Kiyev aralaşgani haqidagi nazariyani muhokama qilgani aks etgan audio va videoyozuvlarni taqdim etgandi.

Ammo yangi guvohliklar amerikaliklarning kayfiyatiga jiddiy ta'sir qilmagan.

Sotsiologlarning hisoblariga köra, AQŞ prezidenti iste'fosi tarafdorlari soni Senatdagi eşituvlar arafasida oşgan, ammo bu ösiş demokratlar tarafdorlari hisobiga bölgan. Barça sörovlar natijalarini umumlaştirgan FiveThirtyEight loyihasi tahlilçilarining fikriça, amerikaliklar Senatdagi muhokamalarga jiddiy e'tibor qaratişmadi.

Tahliliy portal ma'lumotlariga köra, bu kuni Trampning çetlatilişini istaydiganlar soni  amerikaliklarning yarmidan köproğini taşkil qilgan - 50,2 foiz. Söralganlarning 45,2 foizi qarşi bölgan.

Sörovda qatnaşgan va özini demokratlar tarafdori deb belgilaganlarning 84,1 foizi impiçment amalga oşişi va Tramp hokimiyatdan çetlatilişini istaşini bildirgan, özini mustaqil deb hisoblovçilarning 42,6 foizi impiçmentni yoqlagan, respublikaçilarning atigi 9,4 foizi Tramp ketişi kerak degan fikrni bildirgan.

Şu bilan birgalikda, siyosatşunoslar bu raqamlar yaqin vaqtlar içida özgarişi mumkin deb hisoblaşmoqda.

«Vakillar palatasidagi eşituvlar saylovçilarda ijobiy taassurotlar hosil qilgan bölsa, impiçmentning barbod bölişi uçun ayb nima qilib bölsa ham korrupsioner prezidentni oqlaşga tayyor respublikaçilar qölida. Ular 2020 yilgi saylovlarda ğalaba qozonişsa qozonişdi, yöqsa özlarini mamlakatda şov-şuvli siyosiy şou uyuştirgan va va'dalarini bajarmagan siyosiy kuç sifatida namoyiş etişadi», deydi ekspert Marvin Kalb.

Vaşingtondagilar esa impiçment uçun harakatni hayot-mamot masalasi emas, demokratlarning Donald Trampga qarşi kuraşidagi bir epizod, deb qaraşadi.

Hozirda Kongressning bir neça qömitasi AQŞ prezidentiga nisbatan tekşiruvlarini davom ettirmoqda. Nyu-York va Los-Anjyeles prokuraturalari Trampga qarşi jinoiy va fuqarolik da'volarini körib çiqişmoqda.

«Senatdagi eşituv vaqtida Oq uy yuristlari dambadam davlat rahbarini jinoiy javobgarlikka tortiş mumkin emasligini ta'kidlab turişdi. Ular AQŞda prezident lavozimini tark etsa, heç qanday qonun uni javobgarlikdan qutqarib qololmasligidan qörqişadi», deydi Riçard Frolik.

Demokratlar impiçment jarayonini nega boşlaşgandi?

2018 yil kuzida Kongressdagi saylovda işonçli ğalabaga erişgaç demokratlar Vakillar Palatasida köpçilik öringa ega bölişdi, ammo senat respublikaçilar nazoratida qolaverdi. Konstitutsiyaga köra, Kongressda faqat prezidentga impiçment e'lon qiliş, unga qarşi ayblovlarni ilgari suriş huquqi mavjud. Davlat rahbarini hokimiyatdan çetlatiş senatorlarning uçdan ikki qismi buni yoqlagandagina amalga oşadi. Ammo AQŞ Kongressining yuqori palatasidagi demokratlar soni 47 nafar (100 örindan), şunday ekan, Tramp Oq uyni tark etişi ehtimolini uning eng aşaddiy raqiblari ham jiddiy muhokama qilmagan.

Siyosatşunoslar Tramp Senatdagi natijalardan yangi prezidentlik poygasida foydalanişga urinadi deb hisoblaşmoqda

«Aytiş mumkinki, demokratlar jamoatçilik muhokamasiga «prezidentning jinoyatlari»ni taşlab, siyosiy oçkolarni işlab olmoqçi bölişdi. Ular hamişa ğalaba qozonişga umid qilişmayotgani, bu taşabbus ularning zimmasidagi vazifa ekanini uqtirib kelişdi», deya izohlaydi Marvin Kalb.

Trampning özini esa bu jarayon qadar taşvişlantirmadi. U respublikaçilar köpçilikni taşkil qiladigan Senatda oqlanişiga işonçi komil edi. Respublikaçilar uçun esa prezidentlik saylovlari ötkaziladigan yilda partiyaning imiji va nufuzini saqlab qoliş muhim edi, prezidentning mağlubiyati ular uçun bölajak saylovlardagi oçiq mağlubiyatga aylanardi.