2020 yil 8 fevral kuni Boş prokuraturada prokuratura, Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti va Majburiy ijro byurosi xodimlari iştirokida kengaytirilgan hay'at majlisi bölib ötdi.

Videoselektor tarzida ötkazilgan hay'at majlisida prezidentning 2020 yil 24 yanvar kuni Oliy Majlisga yöllagan Murojaatnomasidan kelib çiqadigan ustuvor vazifalar hamda prokuratura organlarining mamlakatda qonuniylikni mustahkamlaş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qiliş, jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş borasida 2019 yildagi faoliyati natijalari muhokama qilindi.

Hay'at majlisida Özbekiston Respublikasi boş prokurori Niğmatilla Yöldoşev ma'ruza qildi.

«Prokuror tekşirişlari va dastlabki tergov davomida aybdor şaxslardan jami 2 trln. 341 mlrd. sömlik zararni qoplanişi ta'minlandi.

Jinoyatçilikka qarşi kuraş va huquqbuzarliklarning profilaktikasini  samarali taşkil etiş maqsadida huquqni muhofaza qiluvçi organlarning 647 ta muvofiqlaştiruvçi yiğilişlari ötkazildi. Hamkorlikda körilgan çoralar natijasida umumiy jinoyatçilikni 6 foizga kamayişiga erişildi, 3.074 ta mahallalarda jinoyat sodir etilişiga yöl qöyilmadi.

Prokuror protestlariga asosan jinoiy sudlarning 1 997 nafar şaxsga nisbatan qarorlari, şuningdek fuqarolik sudlarining 1 455 ta, iqtisodiy sudlarning 786 ta, ma'muriy sudlarning 1 085 ta qarorlari özgartirilişi yoki qonunga muvofiqlaştirilişi ta'minlandi. Prokuratura organlari tomonidan 2019 yilda 313 mingdan ortiq fuqaroning murojaatlari bevosita prokuratura organlarida hal etildi, 
46 mingdan ortiq şaxsning buzilgan huquqlari tiklandi», - dedi boş prokuror.

Ta'kidlanişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan budjetga 1,4 trln. sömga yaqin mablağ qöşimça hisoblanib, şundan 563 mlrd. sömi undirildi, noqonuniy muomaladagi 3 mln. 306 ming AQŞ dollari va 6,9 mlrd. söm olib qöyildi.