Bugun, 8 fevral kuni soat 20:15da Andijon – Ufa – Andijon yönalişida yölovçi poyezdining muntazam qatnovi boşlanadi. Bu haqda «Öztemiryölyölovçi» xabar qilmoqda.

Qayd etilişiça, vodiy viloyatlaridan mazkur yönalişdagi MDH mamlakatlariga boradigan yölovçilar Andijon, Marğilon, Qöqon va Pop vokzallaridan jönaşlari mumkin. Çiptalarni joylardagi çiptaxonalarida xarid qiliş mumkin yoki elektron tarzda rasmiylaştiriş mumkin. 

Bildirilişiça, içki reyslar uçun şunçaki printerdan çiqarilgan elektron çipta bilan töğridan-töğri poyezdga çiqiş imkoniyati mavjud bölsa, xalqaro reyslar uçun elektron çiptani temir yöl çiptaxonalarda davlatlararo kelişuvlarga muvofiq belgilangan şakldagisiga almaştirilişi şart. Safar davomida boşqa davlatlar nazoratçilari aynan belgilangan şakldagi çiptalarni tekşiruvdan ötkazadi. 

«Hozirgi kunda «Öztemiryölyölovçi» AJ tomonidan uşbu masala borasida muzokaralar olib borilmoqda. Ya'ni yaqin kunlarda xalqaro reyslarga xarid qilingan elektron çiptalar ham faqat printerdan çiqarilgan şaklida safar davomida amal qilişi közda tutilgan», - deyiladi ma'lumotda.