Qozon şahrining Sovetskiy tuman sudi qaroriga binoan, Özbekiston fuqarosi Viktor Kim ekstraditsiya qiliş töğrisida qaror qabul qilingunga qadar qamoqqa olindi, deya xabar bermoqda «Realnoye vremya».
11 fevral kuni sud prokurorning 2019 yil oktabr oyida hibsga olingan 32 yoşli Viktor Kimga qamoq muddatini uzaytiriş haqidagi iltimosini körib çiqadi.
Özbekistonda u 162 milliard rubl (2,5 million dollar) ekvivalenti miqdorida yetkazilgan zarar bilan bir qator jinoyatlarda ayblanmoqda, deb xabar tarqatdi Qozon OAV şaharning Sovetskiy tuman sudi matbuot xizmatiga tayanib.
Qayd etilişiça, Viktor Kimga nisbatan sirtdan ayblov Toşkent şahrining jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudi tomonidan 2016 yil may oyida taqdim etilgan. Prokuratura uni davlatlararo qidiruvga bergan.
UzNews xabariga köra, Viktor Kim Özbekiston Içki işlar vazirligi veb-saytida qidiruvga berilganlar röyxatida turibdi.

Unga pul öğrilaş, firibgarlik, soliqlarni tölaşdan böyin tovlaş, savdo qoidalarini buziş va boşqa ayblovlar qöyilgan.












