Toşkent - Qozon - Toşkent yönalişi böyiça temiryöl qatnovlari oçildi, deb xabar berdi Transport vazirligi.

21 dekabr kuni Toşkent-Markaziy vokzalidan 315/316-sonli Toşkent - Qozon - Toşkent yönalişi böyiça yölovçi poyezdi yölga çiqdi.

Özbekiston poytaxtini Rossiyaning Tatariston Respublikasi markazi bilan boğlaydigan qatnovlar haftasiga bir marta amalga oşiriladi.

Poyezd Toşkentdan yakşanba kuni jönab ketadi va çorşanba kuni manzilga yetib boradi. Şuningdek, Qozondan payşanba kuni yölga çiqib, yakşanba kuni yetib keladi.

Poyezd tarkibi 7 ta vagondan iborat bölib, 342 nafar yölovçiga möljallangan.