2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

2020 yil 1 martga qadar normativ-huquqiy hujjat loyihasi işlab çiqiladi. Loyihada:

davlat uluşiga ega bölgan banklar transformatsiyasi böyiça “yöl xarita”larini tasdiqlaş va amalga oşiriş;

davlat uluşini strategik investorga sotiş böyiça reja-grafik tuziş;

bankning kapital, resurs bazasi va daromadlarini oşirişga qaratilgan aniq çoralarni belgilaş;

qonun hujjatlari va bank amaliyotini bank nazorati böyiça Xalqaro Bazel qömitasining bank nazorati böyiça asosiy tamoyillariga muvofiqlaştiriş;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qöllagan holda biznes jarayonlarini optimallaştiriş;

aholi va xöjalik sub'yektlariga körsatilayotgan bank xizmatlari sifatini oşiriş hamda zamonaviy çakana bank xizmatlari turlarini kengaytiriş;

joriy yilda 200 ta bank xizmatlari ofislari taşkil etiş;

2,4 mlrd AQŞ dollari miqdorida xorijiy kredit liniyalarini jalb qiliş va samarali özlaştiriş;

qöşimça 15 trln.söm miqdorida yuridik va jismoniy şaxslarning depozitlarini jalb qiliş;

bank tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini diagnostikadan ötkaziş va ularni zamon talablariga keltiriş böyiça çoralar işlab çiqiş;

“kredit tarixi” axborot tizimini töliq işga tuşiriş;

tijorat banklarida korporativ boşqaruvni rivojlantiriş nazarda tutiladi.