Loyihaga köra, qator normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari işlab çiqiş orqali:
- YTHlarni Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari iştirokisiz rasmiylaştiriş tartibi, kelib çiqqan zararni tölaş şartlari;
- YTH böyiça ma'muriy bayonnoma tuzilmasdan, bu haqdagi ma'lumotlar (şu jumladan, suratga yoki videoga oliş orqali) uning iştirokçilari tomonidan xabarnoma blankasida aks ettirilişi va suğurta taşkilotlariga taqdim etiş;
- YTHda iştirok etgan transport vositalari suğurtalovçilar talabiga köra körikdan ötkaziş yoki mustaqil texnika ekspertizasi uçun taqdim etiş;
- YTHni içki işlar organlari xodimlari iştirokisiz rasmiylaştiriş yuzasidan tölanadigan suğurta tovonining çeklangan miqdorini belgilaş kabi qoidalar belgilanişi nazarda tutilmoqda.
Davlat dasturining uşbu bandi uçun IIV, Transport vazirligi va Suğurta bozorini rivojlantiriş agentligi mas'ul etib belgilanmoqda.
Hujjat loyihalari 1 mayga qadar işlab çiqilişi kutilyapti.












