Bugun, 12 fevral kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining yalpi majlisida ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritişga oid qonun loyihasi birinçi öqişda konseptual jihatdan qabul qilindi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, «Ijara töğrisida»ga qonunga kiritilayotgan özgarişga binoan, dehqonlarga yerni ikkilamçi ijaraga berişga ruxsat berilişi mumkin.
Masala yuzasidan palata spikeri örinbosari Alişer Qodirov munosabat bildirdi.
Uning aytişiça, bugungi kunda fermer yer egasi sifatida yerdan samarali foydalaniş mas'uliyatini zimmasiga olgan holda, faqatgina davlat topşiriğini bajaryapti, biroq ikkilamçi ekinni taşkil qiliş salohiyati va imkoniyatiga ega bölmagani uçun Özbekistonda juda köp yer maydonlari böş qolib ketyapti.
«Va şu muammoni hal qiliş uçun Prezident qarori qabul qilinişi darajasiga kelgan bölsa, demak, biz fermerlarni tayyorlay olmabmiz, degan xavotir paydo böladi.
Xalqni boqiş uçun, eksport uçun mahsulot yetiştirib beruvçi manba hisoblangan yerning 100 gektari hatto ikkilamçi ekinni taşkil eta olmaydigan fermerning qölida qolayotgan bölsa, nega kamroq yerga ega fermerlar bölmasligi kerak?
Fermer ğalla böyiça topşiriqni bajargandan söng, yerlar böş qolib ketyapti. Va uning ikkilamçi ekinni yetiştirişga na samarasi, na moliyaviy mablaği va na salohiyati yetyapti. Şuning uçun biz qonunning buzib amalga oşirilayotgan jihatlarini qonuniylaştirişga majbur bölyapmiz. Muammoni bartaraf etiş imkoni bölmagani uçun endi biz ham fermerning ikkilamçi ekin ekişga qurbi yetadigan odamga yerni berişiga rozi bölyapmiz», – deb ta'kidladi Alişer Qodirov.

Uning qayd etişiça, garçi yer böş qolmasligi uçun bu özgartiriş kiritilayotgan bölsa-da, savol fermerlarning mavsum davomida faqat bir martalik ekinni taşkil eta olayotgani va keyin yerning böş qolayotgani bilan boğliq.
«Biz 25 yildan beri fermer tayyor qila olmadikmi? Fermer yerini qariçma-qariç foydaga kirita olmasa, samarali qaror qabul qila olmasa, ikkilamçi ekindan özi foyda körişni öylamasdan uni ijaraga bersa, u qanaqa dehqon?
Biz qabul qilayotgan bu özgariş muammolarning töliq yeçimini körsatmaydi. Şuning uçun biz mana şu mavzuni çuqurroq örganiş uçun maxsus guruh tuzdik va ikkilamçi ijaraga beriş tartibi böyiça aniq mexanizmlarni şakllantiriş yuzasidan öz takliflarimizni bermoqçimiz», – deya qöşimça qildi «Milliy tiklaniş» partiyasi yetakçisi.
Bu mavzuda fikr bildirgan spiker örinbosari, ÖzLiDePning palatadagi fraksiyasi raisi Aktam Hayitovning aytişiça, bozor iqtisodiyotida yerni ikkilamçi ijaraga beriş amaliyoti – tabiiy jarayon va buni töğri qabul qiliş kerak.

«Dehqon, örmon va yaylov xöjaligidan samarali foydalanişimiz zarur. Bu özgariş esa yerdan unumli foydalanişga yordam beradi», – dedi Özbekiston Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi raisi.












