JSST Yevropa mintaqaiy buyurosi direktori Xans Klyuge Özbekistonga taşrifi davomida mamlakatda soğliqni saqlaş sohasidagi islohotlar, jumladan, majburiy tibbiy suğurta tizimini joriy qiliş borasida tizimli işlar amalga oşirilayotganini e'tirof etdi. 

«Şu örinda qayd etiş joizki, joriy yil 24 yanvarda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalariga navbatdagi Murojaatnomasida ham Soğliqni saqlaş sohasiga alohida töxtalib, jumladan, tizimni moliyalaştirişni tubdan isloh qiliş maqsadida majburiy tibbiy suğurtaga oid qonunlarni qabul qiliş va uni amalga oşiriş böyiça barça taşkiliy çoralar işlab çiqilib, uşbu tizim joriy yilda Sirdaryo viloyatida tajriba sifatida boşlanişi aytib ötilgan edi.

Şundan kelib çiqqan holda, JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge özaro muloqotlarda Sirdaryo viloyatida Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ekspertlari kömagida tibbiy xizmatlarning yangi modellari böyiça qöşma pilot loyihasi boşlanganligini ta'kidlab, uni joriy etişda JSST dunyo tajribasidan kelib çiqib, har tomonlama amaliy kömak berişga tayyor ekanini bildirdi. Uşbu amaliyot butun mamlakatimiz böylab bosqiçma-bosqiç tatbiq etiladi.

Umuman olganda, nafaqat majburiy tibbiy suğurtani joriy etiş, balki tibbiyot sohasini moliyalaştirişni takomillaştiriş, zamonaviy boşqaruv tizimi va hududlarda soğliqni saqlaşni taşkil etişning «klaster» modelini şakllantiriş, soğliqni saqlaşni raqamlaştiriş, yuqumli bölmagan kasalliklar profilaktikasini yanada kuçaytiriş borasida ham Özbekiston soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şadmanov va JSST Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge tizimli ravişda hamkorlik qilişga kelişib oldi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.