AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo Myunxendagi xavfsizlik böyiça konferensiyada çiqişi çoğida AQŞ «Uç dengiz taşabbusi»ga kiruvçi Markaziy va Şarqiy Yevropa davlatlariga 1 mlrd dollar ajratişini ma'lum qildi. Bu haqda AFP xabar bermoqda.
«Uç dengiz taşabbusi» — 2016 yilda Adriatika, Boltiq va Qora dengiz orasida joylaşgan davlatlar imzolagan hamkorlik töğrisidagi bitim. Avstriya, Çexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Vengriya, Sloveniya, Ruminiya, Bolgariya, Polşa, Litva, Latviya va Estoniya uşbu bitim qatnaşçilari hisoblanadi.
Pompeoning sözlariga köra, mablağ Xalqaro taraqqiyot böyiça moliyaviy korporatsiya orqali ajratiladi. Vaşington uşbu yordam orqali mamlakatlarning energetika tizimini rivojlantirib, ularning Rossiya energetikasiga qaramligini kamaytirmoqçi.
U şuningdek, AQŞ «Şimoliy oqim-2» quvuri ötkazilişiga qarşi ekanligini yana bir bor ta'kidladi.
Ötgan yil dekabrda AQŞ prezidenti Donald Tramp «Şimoliy oqim-2» qurilişida işlayotgan kompaniyalarga nisbatan sanksiyalar kiritiş közda tutilgan mudofaa budjetini imzolagandi. Şundan söng gaz quvuri yotqizişda iştirok etayotgan Şveytsariyaning Allseas kompaniyasi işlarni töxtatganini ma'lum qildi. Natijada gaz quvurini yotqizişni yakunlaş muddati ortga surildi.












