Özbekistonning Yekaterinburg şahridagi (Rossiya) boş konsulxonasi bergan ma'lumotga köra, 2020 yilning 16 fevral kuni Çelyabinsk–Troitsk trassasi, Çelyabinsk oblasti hududida sodir bölgan yöl-transport hodisasida 2 kişi, jumladan Özbekiston fuqarosi Z.S. vafot etdi.
TIV xabariga köra, boş konsulxona vaziyatni nazoratga oldi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining vakolatxonasi bilan birgalikda marhumning jasadini vatanga jönatiş bilan boğliq konsullik-huquqiy va taşkiliy masalalarni hal qilmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti YTH munosabati bilan hamdardlik izhor etgan hamda Rossiyaning Ural federal okrugi hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolariga ular zarurat tuğilgan holatlarda mamlakatning Yekaterinburg şahridagi boş konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatib ötgan: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33.












