Joriy yilning 14 fevral kuni soat 12:50larda Farğona ixtisoslaştirilgan “Olimpiya zaxiralari” maktab internatida dzyudo böyiça musobaqa ötkazilgan.

Farğona viloyati IIB axborot xizmati xabariga köra, unda 18 yoşli J.X. va 20 yoşli T.K. özaro janjallaşgan, oqibatda J.X. tan jarohati olib, Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazi Farğona filialiga murojaat qilgan.

Dastlabki tibbiy ma'lumotnomaga köra, fuqaro J.X. boş qismidan “yengil” tan jarohat olganligi körsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farğona şahar IIO FMB 4-sonli IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Janjal kelib çiqişining sabablari örganilib, natijasi böyiça qöşimça xabar beriladi, deyilgan ma'lumotda.