“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida mamlakatda ingliz tilini ommalaştiriş haqida petitsiya joylaştirildi.
Bildirilişiça, mamlakatda aholi orasida ingliz tilida sözlaşa oliş darajasini oşiriş kerak. Şu maqsadda, davlat organlarida, budjet taşkilotlarida işlovçi va IELTS xalqaro sertifikatiga (7 va undan yuqori ball olgan) yoki şunday ekvivalentda milliy sertifikatga ega xodimlarning oylik maoşiga 30 foiz ustama tölaş tizimini joriy etiş kerakligi aytiladi.
“Bunda quyidagi samaralarga erişiş mumkin böladi: birinçidan, mamlakat aholisida ingliz tilini örganişga bölgan qiziqiş yanada kuçayadi; ikkinçidan, millionlab sarflab çetdan yuqori malakali kadrlarni taklif qilgandan köra, mamlakatimizdagi iqtidorli kadrlarning qönim topişiga kömak beriladi; uçinçidan, ingliz tilini puxta özlaştirgan malakali kadrlar işga innovatsion yondaşiş va zamonaviy fikrlaş qobiliyatiga ega böladi. Natijada iş unumdorligi va sifati ham yuqori böladi; törtinçidan, mamlakatimizda demokratik qadriyatlarni qadrlaydigan va islohotlarning tub mohiyatini çuqur anglaydigan rahbar kadrlar zaxirasi şakllanadi”, - deyiladi murojaatda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda barça budjet taşkilotlarida işlovçi IELTS xalqaro sertifikatiga (7 ball va undan yuqori ball olgan) yoki şunday ekvivalentdagi xalqaro va milliy sertifikatga ega xodimlarning oylik maoşiga 30 foiz ustama tölaş tizimini joriy etiş taklif qilinmoqda.












