Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi Tayçjou şahri ma'muriyatiga tayanib xabar berdi.
Rasmiylarning WeChat ijtimoiy tarmoğidagi bayonotiga köra, gap avval Favipiravir yoki Avigan nomi bilan ma'lum bölgan dori vositasi haqida bormoqda.
Ta'kidlanişiça, hozirgi nomlanişi “Faveylavey” bölgan dori Zhejiang Hisun Pharmaceutical kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan va sotuvga çiqariş uçun Xitoyning oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalarini nazorat qiliş davlat boşqarmasi tomonidan rasman ma'qullangan.
16 fevralda işlab çiqarilişi boşlangan dori virusning oldini oliş va davolaşda muhim ahamiyat kasb etişi mumkin. Dorining lotin tilidagi nomi ma'lum qilinmagan, biroq internetda dorini işlab çiqarişga litsenziyada Favipiravir nomi qayd qilingan.
Xitoyning biotexnologik işlanmalar milliy markazi direktori Çjan Sinmin bir neçta dorilar, jumladan, Remdesivir (remdesivir), Yaponiyaning Favipiravir (Favipivavir) dori vositalari koronavirusni davolaşda yuqori samara namoyiş qilganini ta'kidlab ötgan. Şuningdek, mutaxassis Xitoy koronavirusdan vaksina işlab çiqilişini tezlaştiriş uçun turli texnologik yondaşuvlar qöllayotgani, bir qator vaksinalar esa hayvonlarda sinalişi boşlanganini qöşimça qilib ötgan.













