Grenlandiya hukumati muzliklarning erigan suvini eksport qilmoqçi. Bunday suvga global issiqlik tufayli qurğoqçil hududlarda talab katta bölişi mumkin.
Bu haqda Der Tagesspiegel naşriga intervyuda Grenlandiyaning sanoat va energetika vaziri Yyess Svane ma'lum qildi.
“Biz suvimiz qançalik tozaligini, uning zaxiralari qança ekanini va undan iqtisodiy tomondan neça yil foydalana olişimiz mumkinligini körsatgan tadqiqot ötkazdik. Hozir biz butun dunyoga aytişimiz mumkinki, bizda katta hajmda toza suv bor va biz undan foydalanişni taklif qilamiz”, deb aytgan vazir.
“Global issiqlik – dunyodagi suv tanqisligining sabablaridan biridir. Grenlandiyada minglab yillar davomida erigan suv mavjud. Hozirda biz bozorga boşqa heç kimda yöq bölgan uşbu mahsulot bilan çiqişimiz mumkinligini tuşundik”, deb ta'kidlab ötgan Svane.
Uning aytişiça, sayyoramizda içimlik suvining tanqisligi tobora ortib boradi va şu sababli orol hukumati muzliklar suvini Grenlandiyani dunyoga tanituvçi mahsulotga aylantirmoqçi. Agar muzliklar suvi eksport qilinmasa, u bekorga oqib ketadi.
Vazirning ta'kidlaşiça, iqtisodiyotning erigan suv hisobiga diversifikatsiya qilinişi Grenlandiyaga Daniyadan köproq darajada mustaqil bölişda yordam beradi.
Ma'lum qilinişiça, ayni vaqtda muzliklar suvini eksportga tayyorlayotgan 9 ta loyiha bor va ular tegişli litsenziyalarni olgan.
Iqlimşunoslar ma'lumotlariga köra, Grenlandiya qirğoqlari yaqinidagi köp yillik muzliklarning katta zaxiralari Akrtikaning boşqa hududlaridagi muz qoplamiga qaraganda ikki marta tezroq qisqarmoqda.
Ta'kidlab ötiş joiz, Grenlandiya Daniya qirolligi tarkibiga kiradi va 2009 yildan keng muxtoriyat maqomiga ega.












