Özbekistonda biznes yuritiş uçun muhitni yaxşilaş böyiça işlar davom ettiriladi. Bu haqda Toşkentda bölib ötgan Özbekiston-Vengriya biznes-forumida respublika investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov xabar berdi.
«Men şuni qat'iy ta'kidlaşim mumkinki, prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan tadbirkorlarga şart-şaroitlarni yaxşilaşga qaratilgan iş sur'ati pasaymaydi. Imkoniyatlar paydo bölsa, bu harakat qiliş vaqti kelganidan darak beradi», - dedi u.
Uning sözlariga köra, bu yil har bir hududda tadbirkorlar uçun yer uçastkalari töğrisida oçiq va şaffof ma'lumotlarni taqdim etişning yangi tizimi joriy etiladi. «Istalgan vaqtda va istalgan hududda yer uçastkalari, böş turgan bino va inşootlar, ularning qiymati va sotib oliş şartlari töğrisida ma'lumotlar bölgan xarita onlayn-rejimda işlaydi», - dedi Umurzoqov.
Katta ijtimoiy xavf tuğdirmaydigan, tadbirkorlik sohasidagi jinoyatlarni dekriminallaştiriş siyosati davom ettiriladi.
Bundan taşqari, Umurzoqovning ta'kidlaşiça, investorlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida soliqlar tölaş muddatini uzaytiriş, davlat tomonidan infratuzilma yaratişga ketgan xarajatlarni qisman qoplab beriş mexanizmlari joriy qilinmoqda. Şu bilan birga, daromad soliğini hisoblaşda yangi texnologik uskunalar sotib oliş, yangi obektlarni quriş va modernizatsiya qiliş xarajatlarini uşlab qoliş amaliyoti kengaytirildi.
«Şuningdek, biz tadbirkorlik faoliyatini, litsenziyalaş va ruxsatnoma beriş tartibini qiyinlaştiradigan tizimni jiddiy ravişda özgartirişni rejalaştirmoqdamiz», - deya qöşimça qildi vazir.
«Şuni ta'kidlaşni istardimki, vengriyalik işbilarmonlarning barça muhim taşabbuslari mamlakat rahbariyati tomonidan qöllab-quvvatlanadi. Özbekiston tomoni vengriyalik döstlar va şeriklar bilan yaqin hamkorlikni davom ettirişga qaror qilgan», - dedi Umurzoqov.












