Bu haqda 8-sentabr kuni Vengriya taşqi işlar vaziri Anita Orban maʼlum qildi.
Uning sözlariga köra, Rossiya diplomatik vakolatxonasining 10 nafar xodimi Vengriya hududida Diplomatik munosabatlar töğrisidagi Vena konvensiyasida belgilangan diplomat maqomiga mos kelmaydigan faoliyat bilan şuğullangan.
Şu munosabat bilan Vengriya tomoni mazkur diplomatlardan mamlakat hududini tark etişni talab qilgan.
«Rossiya vakolatxonasining ön nafar xodimi Vengriyada Vena konvensiyasiga muvofiq diplomat maqomiga mos kelmaydigan faoliyat olib borgan. Şu sabab Vengriya tomoni ulardan mamlakatni tark etişni talab qildi», - dedi taşqi işlar vaziri.
Boş vazir Peter Madyar boşçiligidagi Vengriya hukumati bu qaror mamlakat «xavfsizligi va suverenitetini» himoya qiliş maqsadida qabul qilinganini bildirgan.
Şu bilan birga, Anita Orban diplomatlarni çiqarib yuboriş Rossiya bilan diplomatik munosabatlarni uzişni anglatmasligini taʼkidladi.
Uning fikriça, ikki davlat örtasida özaro hurmat va belgilangan qoidalarga rioya qiliş asosida zarur muloqot saqlab qolinişi kerak.
Rossiya davlat OAV esa Moskva Vengriyaning qaroriga javoban tegişli çoralar tayyorlayotgani haqida xabar berdi. Rossiya tomoni qanday javob çoralari körişi hozirça oçiqlanmagan.








