Vengriya parlamenti hukmron “Tisa” partiyasi tomonidan mamlakat prezidentligiga taklif etilgan Andraş Bakani uşbu lavozimga tasdiqladi. “Telex” xabariga köra, 73 yoşli sobiq sudyaning nomzodini 140 nafar deputat qöllab-quvvatlagan, olti kişi esa qarşi ovoz bergan. Viktor Orbanning “Fides” partiyasi va Xristian-demokratik xalq partiyasi (KDNP) deputatlari prezident saylovida iştirok etişdan boş tortdi.

 

Baka – Inson huquqlari böyiça Yevropa sudining sobiq sudyasi (1991–2008-yillar) va Vengriya Oliy sudining sobiq raisi (2009–2012-yillar).

 

Vengriya boş vaziri Peter Madyar Baka nomzodini ilgari surar ekan, uning işdan böşatilişini noqonuniy deb atadi. Sudya Viktor Orban hukumati tomonidan amalga oşirilgan konstitutsiyaviy va qonunçilik islohotlarini tanqid qilgan edi.

Vengriyaning avvalgi prezidenti Tamaş Şuyok parlament 18-iyul kuni uning vakolatlarini muddatidan oldin tugatiş töğrisidagi konstitutsiyaviy tuzatişni ma’qullaganidan söng öz lavozimini tark etdi. Prezidentlikka şaxmatçi Yudit Polgar nomzodi ham körib çiqilgan, biroq u buni rad etgan.

 

Hokimiyatga kelganidan beri “Tisa” partiyasi amaldagi prezidentni bir neça bor iste’foga çiqişga çaqirgan edi. Bu partiya mamlakatni 16 yil boşqargan Viktor Orbanning “Fides” partiyasi örnini egalladi. Mamlakatning amaldagi boş vaziri Peter Madyar aprel oyidagi saylovdan avvalroq Şuyokning iste’fosiga erişişini aytgan, saylovda ğalaba qozonganidan keyin esa uni bir neça bor “Viktor Orbanning qöğirçoq prezidenti” deb atagan edi.

 

Vengriyada prezident asosan tantanali va vakillik vazifalarini bajaradi. Asosiy hokimiyat boş vazir boşçiligidagi hukumatga tegişli. Bu lavozimni may oyidan beri Peter Madyar egallab kelmoqda.