«Maqsadimiz – 2030 yilgaça logistika samaradorligi indeksida respublikani kuçli 50ta mamlakatlar qatoriga kirişini ta'minlaş. Biz transport yölaklarini diversifikatsiya qiliş va tranzit salohiyatini oşiriş böyiça olib boriladigan işlarni faollaştirmoqçimiz», deya Mahkamovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Uning sözlariga köra, xalqaro dengiz yöllaridan uzoq bölgan Özbekiston uçun transportirovka xarajatlari iqtisodiyot raqobatbardoşligining muhim omiliga aylanmoqda.

Vazirning birinçi örinbosari mamlakatda aholining transport jihatidan mobilligini oşiriş, harakatlanuvçi tarkibni doimiy ravişda yangilaş, parvozlar geografiyasini kengaytiriş va transport infratuzilmasini takomillaştiriş uçun şaroitlar yaratilişi zarurligini ta'kidladi.

Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksi (LPI) ikki yilda bir marta e'lon qilinadi. Özbekiston unda Armaniston (116) va Zambiya (118) orasidagi 117-örinni egallagan. Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi eng yaxşi körsatkiçni Qozoğiston 77-örin bilan qayd etgan.