Özbekistonda yuk taşişga möljallangan ayrim transport vositalari uçun ma’lum muddat bojxona boji va utilizatsiya yiğimi nollaştirildi. Davlat rahbari 7 iyul kuni bu haqda qaror imzoladi.

Qarorga köra, işlab çiqarilganiga 5 yildan oşmagan quyidagi yuk transport vositalarini (samosvallardan taşqari) Özbekiston Respublikasiga import qilişda 2027 yil 31 dekabrga qadar bojxona boji va utilizatsiya yiğimi undirilmaydi:

  • “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifadagi tyagaçlar (TIF TN kodlari 8701 21, 8701 22, 8701 23, 8701 24) – gazda harakatlanadiganlardan taşqari;

  • töla vazni 15 tonnadan ortiq yoki yukxonasining içki hajmi kamida 76 metr kub bölgan yarim tirkamalar (TIF TN kodi 8716 39).

Avtotransport vositalari bojxona rasmiylaştiruvidan ötkazilgan sanadan e’tiboran uç yil mobaynida eksportga realizatsiya qilinganda va/yoki qayta jihozlaş TIF TN kodi özgarişiga olib kelganda (yoqilği turini özgartiriş bilan boğliq qayta jihozlaş holatlari bundan mustasno), yuqorida körsatilgan imtiyozlar bekor qilinadi va tegişli tölovlar belgilangan tartibda undiriladi.

Jahon savdo taşkiloti bilan işlaş böyiça idoralararo komissiya (Jamşid Xöjayev)ga 10 kun muddatda Yevropa standartlariga mos keladigan tyagaçlar va yarim tirkamalarni Özbekistonga import qilişda ularni majburiy sertifikatlaşdan vaqtinçalik ozod qiliş böyiça tegişli qarorni qabul qiliş vazifasi yuklatildi.

Eslatib ötamiz, “Yevro-5” ekostandarti talablariga javob beradigan ayrim yuk transport vositalari importi 2021 yil avgustidan 2025 yil 1 yanvargaça bölgan muddatda ham boj va utilizatsiya yiğimidan ozod etilgan edi. 2025 yil fevral oyidagi yiğilişlardan birida davlat rahbari bu yengillik 2028 yilgaça uzaytirilişini ma’lum qilgandi.