BAAning DP World kompaniyasi Toşkent şahrida yirik logistika markazi qurilişiga 288 mln dollar sarmoya kiritişni rejalaştirmoqda. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi Ukraina transport strategiyalari markazi maʼlumotiga tayanib xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, loyiha quriliş işlarini joriy yil oktabr oyida boşlaş rejalaştirilgan. DP World vakillari Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevni majmuaning tamal toşini qöyiş marosimida iştirok etişga taklif qilgan.

Yangi logistika markazi yiliga 20 mln tonnagaça yuk hamda 150 mingta konteynerga xizmat körsatiş imkoniyatiga ega bölişi kutilmoqda.

Majmua tarkibida temiryöl aloqasiga ega quruq port, bojxona infratuzilmasi va omborxona quvvatlari taşkil etiladi.

Loyihaning birinçi bosqiçida umumiy maydoni 63 ming kvadrat metr bölgan omborxona majmuasi hamda temiryöl terminalini quriş rejalaştirilgan.

DP World kompaniyasining baholaşiça, yangi markaz yuk taşiş samaradorligini oşiriş, Özbekistonning transport boğliqligini yaxşilaş va savdo tartib-taomillarini soddalaştirişga xizmat qiladi.

Şuningdek, loyiha Özbekiston orqali ötuvçi yuk oqimlariga xizmat körsatiş imkoniyatlarini kengaytirib, Markaziy Osiyoning logistika salohiyatini oşirişi kutilmoqda.