18 fevral kuni innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov Vengriya taşqi iqtisodiy aloqalar va taşqi işlar vaziri Peter Siyyarto bilan uçraşdi.

Vazirlik xabariga köra, tomonlar ikki davlat örtasida ilm-fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Vengriya ilmiy tadqiqot muassasalarida olimlar va tadqiqotçilarning malakasini oşiriş, qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş, birgalikda texnoparklar taşkil etiş böyiça muzokaralar olib borildi.

Peter Siyyarto örta va oliy ta'lim tizimi iqtisodiyotning real sektori talablariga köra mutaxassislarni tayyorlaşi zarurligi, va şu orqali mehnat bozorini takomillaştiriş mumkinligi borasida Vengriya tajribasiga asoslangan holda fikrlar bildirdi. 

I. Abdurahmonov startap ekotizimini rivojlantiriş, vençur jamğarmalarini takomillaştirişga hissa qöşa oladigan kadrlarning yurtimizda kamligi va bu böyiça qator işlar qiliniş zarurligini ta'kidladi.

Bundan oldin, Özbekiston atom energetikasi böyiça mutaxassislarni Vengriyaga öqişga yuborişi mumkin ekani xabar berilgandi.