Ta'kidlanişiça, 5 ta film taqiqlov ostiga tuşgan. Ularni kinoteatrlar, televideniye va tijorat maqsadlarida namoyiş etiş taqiqlangan.
Uçta film Ukraina madaniyat vazirligining “Milliy xavfsizlikka tahdid soluvçi şaxslar röyxatini töldiriş haqida”gi buyruği asosida taqiqlangan. Jumladan, AQŞning “Maçete” filmi Stiven Sigal, Fransiyaning “Timpelbaxlik şumtakalar” (Les Enfans de Timpelbach) filmi Jyerar Deparde sababli man qilingan. Uşbu filmlarda suratga tuşgan ikkala aktyor ham Ukraina davlat xavfsizligiga tahdid soluvçi şaxslar röyxatiga kiritilgan.
Rossiyalik kinoijodkorlarning “8 ta ilk uçraşuv” (Vosem pervyx svidaniy) filmi aktrisa Yekaterina Varnava sababli taqiqlangan. Aktrisa Qrimga taşrif buyurgaç, Kiyev uçun nomaqbul şaxsga aylangan. 2012 yilda ekranlarga çiqqan uşbu filmda Ukrainaning amaldagi prezidenti ham rol ijro etgan. Zelenskiy şuningdek filmning prodyuseri va ssenariynavisi hisoblanadi. Öşa vaqtda Zelenskiy şoumen sifatida faoliyat yuritgan.
Röyxatga şuningdek Rossiyaning yana ikkita filmi – “Men bunday öylamayman” (Ya tak ne dumayu) va “Nayza” (Strela) kiritilgan.
Ukrainada agressor davlat tomonidan 2014 yil 1 yanvardan keyin işlab çiqarilgan hamda Ukrainada non-grata personalari deb tan olingan aktyorlar iştirokidagi filmlar namoyişi taqiqlangan.












