Vazirning sözlariga köra, har bir mahallada «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyiliga asoslangan yangi tizim joriy etiladi. Bunda jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni soğlomlaştiriş, aholi örtasida tadbirkorlikni rivojlantiriş bilan birga qaşşoqlikni yöqotiş va har bir oila bilan alohida şuğullaniş işlari amalga oşiriladi.

Şuningdek, vazirlik taşkil qilinişi bilan fuqarolar yiğini raisiga bir qator qöşimça huquqlar berildi. Jumladan, fuqarolar yiğini raisi hududdagi profilaktika inspektori faoliyatiga baho beriş, uni rağbatlantiriş, agarda, öz lavozimiga noloyiq deb topilsa içki işlar organlari bilan birgalikda lavozimidan ozod qilişgaça bölgan huquq berildi. Qolaversa, profilaktika inspektorlarning iş samarasini yanada kuçaytiriş uçun ularga yuklatilgan 235 turdagi vazifa va funksiyalardan 13 turdagi vazifalar qisqartirildi.

«Hozirgi kunda 9121ta mahalla böladigan bölsa, şulardan 3000ga yaqin mahallalarning öz binosi bölgan. Qolganlari esa turli davlat va tadbirkorlarning binolarida iş faoliyatini olib borişgan. Endilikda har bir mahalla öz faoliyatini olib boruvçi bino bilan, axborot texnologiyalari bilan ta'minlanadi», deya Rahmat Mamatovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Tadbirda yoşlar bilan birgalikda nuroniy va keksalarni ham qöllab-quvvatlaş vazirlikning asosiy vazifalari ekanligi qayd etildi. Xususan, «Nuroniy» jamğarmasi vazirlikka köçirilgan va heç kimi yöq yolğiz nuroniy keksalarga ma'naviy yordam körsatiş, ularni sanatoriylarga jönatiş va şu kabi amallarni bajariş közda tutilgan.

Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi vazir örinbosari Azizbek Ikromovning sözlariga köra, oldinlari profilaktika inspektorlari har kuni işni içki işlar boşqarmasida boşlar edi. Endilikda har bir profilaktika inspektori işni mahalla binosida, mahalla raisi va uning yordamçilari bilan birgalikda boşlaydi. Çunki şu paytgaça oilalar bilan mahalla raisi, profilaktika inspektori va xotin-qizlar qömitasi alohida-alohida şuğullanişgan. Şu sababdan oxirgi paytlar jinoyatlar ham, qonunbuzarlik holatlari ham köpayib ketgan. Endilikda esa, hammasi bir bölib har bir oila bilan birma-bir şuğullanişadi.