Farğona şahridagi restoranlardan biriga “maska-şou” uyuştirilgan. Qurollangan niqobli xodimlarga viloyat IIB boşliği Azizbek Ikromov hamda viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov boşçilik qilgan. 2023 yil sentabrdagi hodisada viloyat prokurori tezkor vakilga restoran rahbarini “narkotik taşlab tiqiş”ni buyurgan. Uning bu topşiriği kuzatuv kameralariga yozilib qolgan. Tadbirkor öşa kundan buyon ta’qib qilinayotganini aytmoqda. Ayni paytda unga nisbatan juda köp miqdordagi firibgarlik holatlari böyiça jinoyat işi qözğatilib, qidiruvga berilgan.

2023 yilning 12 sentabr kuni Farğona şahridagi “Gren klub” nomli restoranga huquqni muhofaza qiluvçi organlar tezkor vakillari tomonidan “maska-şou” uyuştirilgan. Kun.uz’ga uşbu tezkor tadbir aks etgan videolavhalar kelib tuşdi.

Tasvirlarda avtobusda kelgan öndan ortiq niqobli va qurollangan xodimlar restoran hududiga kirganini köriş mumkin. Xodimlar restoran böylab harakatlanib, xonalarga kirib, mehmonlar va xizmatçilarni söroqqa tutgan. Uşbu tadbirlarga viloyat IIB boşliği Azizbek Ikromov hamda viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov boşçilik qilgan.

“Narkotik taşlab tiq!”

Kuzatuv kameralariga muhrlangan videolavhalarda Farğona viloyati prokurori Baxtiyor Ismoilov hamda IIB boşliği Azizbek Ikromov ham körinadi. Tasvirlardan birida viloyat prokurori tezkor vakilga qarata restoran rahbari Şerzod Abduğaniyevni “narkotik taşlab tiqişni” buyurganini köriş mumkin.

Prokurorning soxta jinoyat uyuştiriş haqidagi bu buyruği kameraga tuşib qolişi tabiiy edi. Buni bilgan tezkor vakillar restorandagi barça kuzatuv kameralarining “miyasi”ni yiğiştirib olib çiqib ketişgan. Ularning uşbu harakati ham kameralarga yozilib qolgan.

Tahririyatda mavjud yana bir videolavhada esa xodimlar olib ketilgan qurilmani kuzatuv kameralariga xizmat körsatiş faoliyati bilan şuğullanuvçi dökonga olib borib, xotirasini tozalaşga uringani körinadi.

Biroq restoran egasi Şerzod Abduğaniyev boşqa nuqtaga ham videoyozuvlarini saqlab qoluvçi qurilma örnatgani sababli restoranga uyuştirilgan “maska-şou” va viloyat prokurorining topşiriği boşqa qurilma xotirasida ham saqlanib qoladi.

Tunda işlaşga ruxsati bölmagani uçun tekşiriş bölgan - IIV

Kun.uz holatga oydinlik kiritiş maqsadida Içki işlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Şoxruh Ğiyosov bilan boğlandi. Unga köra, Şerzod Abduğaniyevga tegişli restoran ruxsatnomasi bölmagan holda tunda faoliyat yuritgan.