Farğona viloyati IIB Farğona şahridagi “Green club” restoraniga “maska-şou” uyuştirilgani holatiga rasmiy munosabat bildirdi. Unda restoranning tungi paytda belgilangan vaqt orasida işlaşi közdan keçirilgani aytiladi.  

“Haqiqatan ham 2023 yilning sentabr oyida Farğona şahrida jamoat tartibini saqlaş, fuqarolar osoyiştaligini ta’minlaş maqsadida viloyatdagi huquq-tartibot organlari rahbarlari boşçiligida ötkazilgan tungi reyd tadbirlari doirasida muqaddam bir neçta jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilgan, yoşlar tarbiyasiga salbiy ta’sir körsatuvçi harakatlar röy berganligi uçun aholining haqli e’tiroziga sabab bölayotgan Şerzod Abduğaniyevga qaraşli “Green club” restoranining tungi paytda belgilangan vaqt orasida işlaşi közdan keçirilib, tegişli tartibda hujjatlar rasmiylaştirilgan.

Bu masalaning bir tomoni. Biroq fuqarolarning firibgarlik jinoyati qurboni sifatida Şerzod Abduğaniyev ustidan qilgan murojaatlari yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi örganilganda esa fuqaro B.Ş.ning 23 500 AQŞ dollari, B.B.ning 32 000 AQŞ dollari, S.B. ning 26 000 AQŞ dollar, S.Z. ning 16 500 AQŞ dollari kabi jami 11 ta holatda ularning pullarini firibgarlik yöli bilan özlaştirib, özining şaxsiy ehtiyojlari uçun sarflab yuborganligi aniqlangan”, deyiladi munosabatda.

Şuningdek, rasmiy munosabatda Şerzod Abduğaniyev öz aybini yaşiriş, jamoatçilikka jabrdiyda bölib köriniş, çalğitiş va tergovga ta’sir ötkaziş maqsadida OAVga murojaat qilgani keltirilgan. 

“Haqiqatan ham Şerzod Abduğaniyev aybsiz bölsa, nega unda huquq-tartibot organlaridan yaşirinib yuribdi? Nega uning ustidan 11 nafar şaxs buzilgan huquqlarini tiklaş, qonun ustuvorligi ta’minlanişini istab ariza yozgan? Jamoatçilikni ayni holatlarga ham diqqat qaratişlarini söraymiz”, deya ta’kidlagan boşqarma. 

Qöşimça qilinişiça, hozirda fuqaro Şerzod Abduğaniyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoqqa oliş” ehtiyot çorasi qöllangan holda qidiruv e’lon qilingan. Boşqarma Abduğaniyev Şerzod Adhamjon öğlidan jabrlangan fuqarolardan yaqin oradagi IIOga yoki 102 raqamiga murojaat qilişni söragan. 

Kun.uz avvalroq Farğona şahridagi restoranlardan biriga “maska-şou” uyuştirilgani haqida suriştiruv e’lon qilgandi. Qurollangan niqobli xodimlarga viloyat IIB boşliği Azizbek Ikromov hamda viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov boşçilik qilgan. 2023 yil sentabrdagi hodisada viloyat prokurori tezkor vakilga restoran rahbarini “narkotik taşlab tiqiş”ni buyurgan. Uning bu topşiriği kuzatuv kameralariga yozilib qolgan.