Favqulodda vaziyatlar vaziri Botir Qudratxöjayev boşqa işga ötayotgani munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Özbekiston prezidenti farmoni bilan Azizbek Isroiloviç Ikromov favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlandi.

Azizbek Ikromov muqaddam uçta vazirlikda vazir örinbosari bölib işlagan, bu uning faoliyatidagi törtinçi vazirlik bölmoqda: u 2017-2019 yillarda mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy işlar böyiça örinbosari, 2019-2021 yillarda içki işlar vazirining jamoat tartibini muhofaza qiliş böyiça örinbosari, 2020-2021 yillarda mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri örinbosari, 2019-2023 yillarda içki işlar vazirining ma’naviy masalalar böyiça örinbosari lavozimlarida işlagan.

2023 yil yozida prezidentning Farğona viloyatiga taşrifi vaqtida uşbu viloyat IIB boşliği lavozimiga ötkazilgandi.

General-mayor Botir Qudratxöjayev muqaddam prokuratura tizimida turli lavozimlarda mehnat qilgan, 2017-2020 yillarda Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida işlagan. 2020 yildan Xorazm viloyatiga prokuror bölgan, 2022 yilda boş prokuror örinbosari – harbiy prokuror lavozimiga tayinlangandi. U 2025 yil fevralidan buyon favqulodda vaziyatlar vazirligini boşqarib kelayotgandi.