Qirğizistonning qiynoqlar oldini oliş milliy markazi xodimlari tergov izolyatorida saqlanayotgan Qirğizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning oldiga taşrif buyurişgan. Bu haqda 24.kg naşriga markaz direktori Nurdin Sulaymanov ma'lum qildi.
Uning ta'kidlaşiça, Atamboyevning qon bosimi pastligi haqidagi ma'lumot öz tasdiğini topdi.
“Almazbek Atamboyevning qon bosimi haqiqatan ham pasayib ketgan, bundan taşqari bosim öynab turibdi. Tibbiy kartalarga köra, bugun sobiq prezidentda 90 ga 70 qon bosimi qayd qilingan. Atamboyev suhbat vaqtida ertalab boşi oğrigani, tonometr esa 85 ga 59 qon bosimini qayd qilganini ma'lum qilgan. Vaholanki, uning işçi qon bosimi 110 ga 70 mm sim. ustunini taşkil qiladi. U şifokorlar nazoratida qolmoqda”, deb ma'lum qilgan Sulaymanov.
Markaz rahbarining ta'kidlaşiça, Atamboyev tomonidan tergov izolyatori ma'muriyati va xodimlari ustidan şikoyat tuşmagan.
19 fevralda Atamboyevning öğillari – Said va Qodirbek ijtimoiy tarmoqlarda otalarining soğliği yomonlaşganini ma'lum qilişgan. Atamboyevning advokati Zamir Jooşev ham sobiq prezidentning qon bosimi pasayib ketganini ma'lum qilgan.
Biroq Qirğiziston milliy xavfsizlik davlat qömitasida bu ma'lumot rad etilib, Atamboyevning soğliği me'yorida ekani ta'kidlab ötilgan. Sobiq prezidentning himoyasi mustaqil şifokorlarni taklif qilib, ularga Atamboyevning qon bosimi kunlik monitoringi natijalari taqdim qilinişini söramoqda. Jooşevning ma'lum qilişiça, advokatlarning bu iltimosiga rad javobi berilgan.












