Yanvar xatosi
Yanvar oyida «Barselona» hujumçisi Luis Suares tizzasidagi jarohati (tizza payining oy öroği şaklidagi içki va taşqi toğaylari şikastlangan) tufayli operatsiya qilindi. Avvaliga u uşbu jarohat tufayli 6 hafta içida maydonga qaytişi kutilgandi, ammo vaziyat kutilganidan oğirroq bölib çiqdi. Suares avval ham bir neça marta jarrohlik amaliyotini boşdan keçirgan, u 33  yoşda va endi uning organizmi 23 yoşidagi kabi tiklana olmaydi. Qisqasi, Suares may oyiga qadar safdan çiqdi.

Twitter / @FCBarcelona

Hali qişki transferlar oynasi oçiq edi, ammo heç bir klub mavsum örtasida kuçli hujumçisi bilan xayrlaşişni istamasdi («Barselona»ga esa aynan yuqori saviyali hujumçi kerak edi). Kök-anorranglilar «Inter»dan Lautaro Martinesni, «Valensiya»dan Rodrigoni va hatto «Arsenal»dan Per-Emerik Obameyangni sotib olmoqçi bölişdi. Transferlar oynasining sönggi kunida «Barsa» baribir yangi hujumçi transfer qildi — «Braga»ga qanot hujumçisi Trinkau uçun 31 million yevro tölandi. Ammo bu futbolçi Kataloniyaga faqat yozda kelişi mumkin. «Biz hozir qaysidir hujumçini safga qöşib olmaslikka qaror qildik, — dedi yanvar oxirida «Barselona» direktori Gilermo Amor. — Agar transfer jamoani kuçaytira olmasa, bunday xariddan foyda yöq».

Dembelening navbatdagi jarohati

Bu uzoqni köra bilmasdan çiqarilgan qaror bölib çiqdi. Suares yöqligi katalonlarga mavsumning qolgan qismida bilinişi tayin edi. Forvard yetişmovçiligi jamoa öyinida aks eta boşladi: 6 fevral kuni «Barselona» Ispaniya Kubogi çorak finalida «Atletik» darvozasiga gol ura olmadi va öyin oxirida gol ötkazib turnirni tark etdi. Öşa kuni hujum çiziğida asli himoyaçi bölgan Serji Roberto harakat qilişga majbur böldi.

Foto: Getty Images

«Atletik» bilan öyinga ikki kun vaqt qolganida «Barsa»ning eng nozik futbolçisi Dembele yana jarohat oldi. Fransuz noyabr oyida olgan jarohatini tuzatayotgandi, ammo fevral oyidagi maşğulotlar vaqtida bel qismini şikastlab oldi. Şifokorlar tekşiruvlardan söng u yana beş oy futbol öynay olmasligini aytişdi.

Katalonlar ixtiyorida atigi ikki nafar «toza» forvard qoldi — Messi va Grizmann. Yoş Fati ham bor, ammo, u hali 17 yoşda, qolaversa u öyin uslubiga köra hujumçidan köra qanot yarimhimoyaçisi. Kike Seten hali jamoada öz öyin sxemasini tanlay olgani yöq, jamoa öz odatiga köra 4-3-3 sxemasida harakat qilib kelmoqda. Bu holatda forvard yetişmovçiligi yaqqol bilinadi.

Qutqaruvçi qoida
Katalonlar baxtiga, La Liga reglamentida «lazeyka» mavjud. Unga köra, klublarga maxsus murojaat asosida transferlar dariçasidan taşqarida ham bir futbolçi sotib oliş imkoni beriladi, buning şartlari bor. Birinçidan, bu qoida faqat fors-major holatlarida qöllanadi, bitta ampluada harakatlanuvçi bir neça muhim futbolçi jiddiy jarohat olgan bölişi kerak. Ikkinçidan, faqat Ispaniya çempionatida töp surayotgan yoki erkin agent bölgan futbolçini tarkibga qöşib oliş mumkin. Marca naşri avvaliga «Barselona» uç futbolçi variantini körib çiqayotgani haqida yozdi: Kristian Stuani («Jirona»), Villian Joze («Real Sosedad») va Loren Moron («Betis»).

Ammo bu klublar bilan muzokaralarni murakkablaştiruvçi jihat bor edi - bu klublarga qişki transferlar dariçasidan taşqari yangi futbolçi sotib olişga ruxsat berilmasdi, ya'ni ular öz asosiy hujumçilarini «Barselona»ga sotişsa, bu hujumçiga örinbosarni faqat klub içidan qidirişga töğri kelardi. Natijada, bu klublarning heç biri asosiy hujumçisini «Barsa»ga berişni istamadi va katalonlar butun Ispaniya böylab futbolçi qidirişni davom ettirdi. Nihoyat topildi ham.

«Leganes»dan superklubga

Foto: ZUMAPRESS.com,

Hafta boşida Ispaniyadagi bir neça yirik naşrlar «Barselona» «Leganes»dan Martin Breytueytni sotib olişi haqida yoza boşladi. Kök-anorranglilar yanvar oyida forvard olmasdan özlarini burçakka taqab qöyişdi.

20 fevral kuni transfer haqida rasman e'lon qilindi. Futbolçi «Barselona»ning aksar yangi xaridlari kabi «Kamp Nou»da hayajonlandi.

Martin Breytueyt 28 yoşda

Twitter / @MartinBraith

Daniyalik uşbu hujumçi bir neça yil avval Fransiya çempionati yulduzi edi, «Tuluza» safida harakat qilgan futbolçi bir neça mavsum davomida (2013-2017) çempionat töpurarlari qatorida yurdi. Keyin uni Angliyaga olib ketişdi, chempionship vakili «Midlsbro»da esa uning öyini qovuşmadi. 2017-2018 yilgi mavsumda inglizlar klubi safida birinçi davradagi 19 öyinda 5 gol urgan futbolçi 2018 yil yanvarida Fransiyaga qaytarildi va «Bordo» safida ijara asosida harakat qildi. 2018-2019 yilgi mavsumning birinçi davrasida atigi uç gol urgan futbolçi 2019 yilning yanvarida «Leganes»ga ijaraga berildi. Ötgan mavsumda yangi jamoasi safida 19 öyinda maydonga tuşgan futbolçi 4 gol urib, 6 golga hammualliflik qildi va özini yaxşi tomondan körsatdi. Ispanlar uni yozda sotib olişga qaror qilişdi. Joriy mavsumda esa u jamoasi uçun 6 gol urgan, bitta golli pas bergan, ammo sönggi yetti öyinda maydonni golsiz tark etgan. Uni YeÇL ğolibligi uçun kuraşmoqçi bölayotgan «Barselona» darajasidagi hujumçi deyiş mumkinmi?

• Breytueyt – La Ligada jon saqlab qoliş uçun kuraşayotgan «Leganes»ning asosiy töpurari va muhim futbolçisi (barça 24 turda maydonga tuşgan va 6 gol urgan) edi, jamoa ayni vaqtda turnir jadvalida 19-örinda bormoqda.

• «Barsa» daniyalik futbolçi uçun 18 million yevro töladi – bu uning şartnomasida körsatilgan badal puli. «Leganes» «Barselona» qiziqişi haqida xabarlar tarqala boşlaganida transfer böyiça muzokaralar ötkazişdan boş tortgandi.

• «Leganes» hozir juda qiyin ahvolda qoldi: Madrid yaqinidagi hudud şarafini himoya qiluvçi kiçik klub öz tarixida Primeradagi törtinçi mavsumini ötkazmoqda, La Liga esa bu klubga Breytueyt uçun örinbosar sotib olişga ruxsat bermadi. Transferlar oynasidan taşqarida klubdan futbolçi olib ketişlari mumkin, ammo klubning özi boşqa futbolçi sotib ololmaydi.

Qolaversa yanvar oyida «Sevilya» qaşşoqqina «Leganes»dan boşqa bir töpurar futbolçisi – 22 yoşli marokaşlik hujumçi Yussuf An-Nesirining tovon pulini tölagan holda olib ketgandi. 

• Futbolçisi ketganini e'lon qilar ekan, «Leganes» La Liganing transferga ta'sirini qayd etdi.

«Biz bu masalani kötarişni xohlaymiz. Biz özimizga jiddiy va katta zarar beradigan vaziyatga tuşib qoldik. Biz hozirgi qoidani tuşuna olmayapmiz, futbolçisi jarohat tufayli uzoq vaqtga safdan çiqqan klub bu amaliyotni bir tomonlama tartibda ötkazib, öz muammosini boşqa klubga yuklamoqda.

Bu qoida klublarning ikki tomonlama roziligi asosida qöllanganida tuşungan bölardik, ammo hozirgi qoida klublar tengligiga zid kelmoqda. Biz bu vaziyat tufayli kelgan ta'riflab bölmas darajada katta zararni kamaytiriş uçun oxirigaça borişga tayyormiz. Biz benefitsiari «Barselona» bölgan, jabrlanuvçi esa – «Leganes» bölgan mazkur qoidani adolatsiz deb hisoblaymiz», – dedi klub boş direktori Martin Ortega.

• Ispaniyadagi asosiy sport naşrlaridan biri bölgan Marca naşrida muharrir Roberto Palomar kolonkasida tanqidiy material bosildi. «Albatta, muayyan qoidalar bor. Ammo oxir-oqibat, klub nima qilişni özi hal qiladi. «Barselona» odob va etika qoidalariga amal qilmadi. Qoidalar ular tomonida bölsada, bu harakati bilan «Barselona» ot öğrilari davrini yodga solmoqda.

Gap qoidalarga amal qilişda emas, balki prinsipsiz klubga aylanmaslik haqida ketmoqda. Gap «Barselona»ning ahmoqona rejalaştirişida emas, gap hurmat qiliş va obröni saqlaş haqida. Bu transferdan keyin butun dunyo «Barselona» haqida nima deb öylaydi? Bundan keyin futbol jamoatçiligi ularni hurmat qiladi deb öylaman. Bu sport nuqtayi nazaridan şubhali, moliyaviy nuqtayi nazardan esa ahmoqona transfer. Ammo asosiysi – axloqiy prinsiplar», – deya yozdi jurnalist.

• Aftidan, Breytueytning ketişi klub taqdirini hal qiladi: «Leganes»da endi yagona markaziy forvard Gido Karrilo qoldi, ammo u maydonga juda kam tuşadi va bu mavsumda gol urmagan. Breytueyt va An-Nesirini hisobga olmasa, «Leganes»ning atigi tört futbolçisi La Ligada gol urgan – ular jami 8 gol urişgan, şundan 5ta gol havbek Oskar Rodriges hisobiga yozilgan.

• Martin Breytueytning agenti Ali Dursun hisoblanadi. U Frenki de Yongning Kataloniyaga kelişini ta'minlagan agentlik vakilidir. «Barsa»ga de Yong bilan birga Dursunning öğli Mayk van Beynen ham olib kelindi, u ikkinçi jamoada ham birorta öyinda maydonga tuşmadi va qişda «Gençlerberligi» klubiga ijaraga berildi.

• Aytiş kerakki, kataloniyaliklar klubi rejalaştirişda «qovun tuşirdi». Suares jarohat olgan bölsada «Barselona» yoş markaziy hujumçi Abel Ruisni («Barsa» tarbiyalanuvçisi) «Braga»ga keyinroq 8 million yevroga sotib oliş şarti bilan ijaraga berib yubordi («Leganes» Bretueytni «Midlsbro»dan 5 mln yevroga sotib olgandi), şuningdek, har ikki qanotda öynay oladigan va joriy mavsum boşida jamoa joniga oro kirgan vinger Karles Peres «Roma»ga berib yuborildi. «Barsa»ning mantiği öziga xos: 31 yanvar kuni talantli forvard boşqa klubga berib yuborildi, bir neça hafta ötib majburlikdan futbolçi sotib oldi.

• Breytueyt, katta ehtimol bilan, yozda klubga kerak bölmay qoladi: Suares jarohatidan tiklanadi, Dembele ham qaytadi. «Barsa» Dursun bilan muzokaralar vaqtida Breytueyt – şoşilinç variant ekanini yaşirib ötirmadi, agar uning öyinlari kataloniyaliklar rahbariyatida taassurot qoldirolmasa, yozda sotuvga qöyiladi. Lekin «Barselona» u uçun sarflangan 18 mln yevroni qaytarib olmasligini tuşunib turibdi.

Dursun kataloniyaliklarni yozda uşbu futbolçiga xaridor çiqişiga işontirgan. Uning aytişiça, qişki transferlar vaqtida «Leganes»ga Breytueyt böyiça APLning bir neça klubi taklif bilan çiqqan. Lekin «Leganes» hujumçisini sotişni istamagan.

• Kataloniyadagi Diario Sport naşri ötkazgan sörovga köra, sayt foydalanuvçilarining 89 foizi Breytueyt transferidan noroziligini bildirişgan va bu transferni ahmoqlik deb ataşgan. Naşr kolonkasida esa futbolçiga «daniyalik Ronaldo» deb nom berilgandi.

• Bu vaziyatdan faqat «Midlsbro» yutişi mumkin: klubga uşbu transferdan 4,5 mln yevro tegadi – inglizlar klubi futbolçining qayta sotuvidan uluş olişmoqda. Angliyaliklar yozda ham futbolçi transferi 5 million yevro olişgandi. Ular öşanda 28 yoşli markaziy forvardning bahosi ikki barobar oşişini kutişmagani aniq.