Davlat statistika qömitasi xabariga köra, 2020 yilning yanvar oyida respublikada avtomobil benzini işlab çiqariş hajmi 2019 yilning şu davriga nisbatan köpaydi.
Qayd etilişiça, 2019 yilning şu davrida 71,6 ming tonna benzin işlab çiqarilgan bölsa, 2020 yilda - 93,6 ming tonna.
Dizel yoqilğisini işlab çiqariş hajmida ham ösiş kuzatildi. 2019 yilda 81,7 ming tonna dizel işlab çiqarilgan bölsa, 2020 yilda - 100,0 ming tonna.
Şu bilan birga, Özbekiston 2020 yil yanvar oyida neft qazib olişni 2019 yilning şu davriga nisbatan (60,6 ming tonna) keskin qisqartirdi - 19,2 ming tonnagaça.
2020 yil yanvar oyida tabiiy gaz qazib oliş 4,75 milliard kub metrni taşkil etdi, bu 2019 yilning şu davriga nisbatan kam (5,28 milliard kub metr).
2020 yil yanvar oyida Özbekiston 143,1 ming tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2019 yilning şu davriga nisbatan biroz köproq (141,4 ming tonna).












