Italiyada oxirgi ikki kun içida koronavirusga çalinganlar soni 4 nafardan 76 nafargaça köpaydi. Bu haqda 23 fevralda Italiyaning fuqarolar muhofazasi departamenti boşliği Anjyelo Borrelli ma'lum qildi. 

“76 ta kasallaniş holati 5 ta viloyatda qayd etildi: Lombardiyada 54 ta, Venetoda 17 ta, Emiliya-Romaneda 2 ta, Latsioda 2 ta va Pemonteda bitta”, deb ma'lum qilgan Borrelli.

Ta'kidlanişiça, 33 kişi şifoxonaga joylaştirilgan, 18 kişi jonlantiriş bölimlarida, 11 kişi öz uyida kuzatuv ostida qolmoqda, 2 kişi vafot etgan.  

Italiya hukumati kasallikning tarqalişi oldini olişga qaratilgan çoralar köriş böyiça maxsus dekret qabul qildi. Köriladigan çoralar orasida ommaviy tadbirlarni ötkazişni taqiqlaş, öquv va mehnat faoliyatini vaqtinçalik töxtatiş va karantinga rioya qilinişi uçun harbiylarni jalb qiliş kabilar bor.  

“Biz ötkaziş punktlari örnatamiz, kerak bölsa, qurolli kuçlarni jalb qilamiz”, deb aytgan Italiya boş vaziri Juzeppe Konte. 

Boş vazirning ta'kidlaşiça, virus tarqaliş hududlariga, muayyan holatlardan taşqari, kiriş va ulardan çiqiş taqiqlanadi. Uşbu hududlarda mehnat faoliyati, ommaviy tadbirlar va öqiş töxtatiladi. 

Lodi viloyatida 50 mingga yaqin odam öz uylarida karantinda qolmoqda. 10 ta şaharda maktablar, boğçalar, dökonlar va boşqa jamoat joylari yopilgan. 

Hududiy poyezdlar koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölgan odamlar yaşaydigan şaharlardan töxtamay ötib ketişi belgilangan. 

Epidemiya bilan qamrab olingan şaharlarda har qanday ommaviy va sport tadbirlari, jumladan karnavallar, savdo taqiqlanadi. Bu hududlarda 14 kunlik karantin e'lon qilingan.

Şuningdek, Italiya şimolida koronavirus keng tarqalgan 3 ta viloyatda harakatlaniş çeklab qöyildi.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, Xitoyda bir kun içida koronavirusga çalinganlar soni 648 nafarga köpayib, umumiy soni 76936 nafarga yetgan. Şuningdek, kasallikdan 97 kişi vafot etgan, qurbonlar umumiy soni 2442 nafarni taşkil qilmoqda.