Parlament majlisida qatnaşgan Koreya öqituvçilar assotsiatsiyalari federatsiyasi prezidenti Xa Yun Suda şanba kuni koronavirus aniqlangan. Majlisda u bilan muloqotda bölgan bir neça nafar deputat tibbiy tekşiruvdan ötkazilmoqda.

Janubiy Koreya parlamentining yalpi majlisi u yerda koronavirusga çalingan bemor aniqlangani uçun bekor qilindi va bino dezinfeksiya qiliş uçun yopildi. Bu haqda mamlakat milliy majlisi vakili Xan Min Su ma'lum qildi.

Uning sözlariga köra, milliy majlis binosi va deputatlar ofislari joylaşgan binoda 24 fevral kuni dezinfeksiya işlari ötkaziladi. Bino 26 fevral kuni oçiladi. Şu bois parlamentning duşanba va seşanba kungi yiğilişlari bekor qilingan.

Ryonxap agentligining xabar berişiça, parlament majlisida qatnaşgan Koreya öqituvçilar assotsiatsiyalari federatsiyasi prezidenti Xa Yun Suda şanba kuni koronavirus aniqlangan. Majlisda u bilan muloqotda bölgan bir neça nafar deputat tibbiy tekşiruvdan ötkazilmoqda. 

Sönggi ma'lumotlarga köra, mamlakatda 833 kişi koronavirusga çalingan, yetti kişi vafot etgan, 18 kişi tuzalib ketgan. 

Virus jadal tarqalayotgani sababli Janubiy Koreya hukumati mamlakatda xavflilikning eng yuqori “qizil” darajasini joriy qilişga qaror qildi.