Koronavirus turizm va qimmatbaho buyumlar bozoriga salbiy ta'sir qilişi mumkinligi ehtimoli bois Yevropadagi fond indekslarida 2016 yildan buyon eng yuqori darajadagi pasayiş kuzatilmoqda, deb yozadi Bloomberg.
Xususan, Louis Vuitton Moët Hennessy (LVMH) aksiyalari 7,2 foizga pasaygan.
Londondagi FTSE 100 fond birjasi indeksi 2,7 foizga, Germaniyaning DAX va Fransiyaning CAC 40 birjalari indeksi 3,3 foizga pasaydi, deb xabar berdi FT.
Koronavirus tarqalişining oldini oliş maqsadida keskin çoralar körilganidan söng Italiyaning FTSE MIB fond birjasi indeksi 4,4 foizga tuşib ketdi. Salvatore Ferragamo SpA brendi aksiyalari narxi 9,5, «Yuventus» futbol klubi aksiyalari narxi 11 foizga arzonlaşgan.
Koronavirus tarqalişi bilan boğliq vaziyat turizm bozoriga ham ta'sir körsatdi. Stoxx 600 Travel and Leisure indeksi 5,61 foizga tuşdi. EasyJet PLC aksiyalari narxi 14, Ryanair —11, Air France-KLM aksiyalari narxi — 9,5 foizga pasaydi.
AQŞ aksiya bozori ham kotirovkalar pasayişiga duç keldi. Dow Jones Industrial indeksi 2,6, S&P 500 —2,55, NASDAQ — 3,0 foizga tuşdi.
Bank of America aksiyalari 4,5, Wells Fargo —2,1, JP Morgan Chase —3,1, Morgan Stanley —4,3, Citigroup — 4,5 foizga arzonlaşdi. Investorlar koronavirusning butun dunyo böylab tarqalişi global iqtisodiyotni sekinlaştirib qöyişidan xavfsiramoqda.
AQŞ moliya vaziri Stiven Mnuçinning fikriça, koronavirusning jahon iqtisodiyotiga ta'siri töğrisida gapirişga hali erta.
«Virus qanday tarqalişini köriş, bizda yaxşi statistik ma'lumotlar bölişi uçun yana uç yoki tört hafta kerak böladi, deb öylayman», — dedi u.
Sönggi ma'lumotlarga köra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 78 ming nafardan oşib ketgan, 2,5 mingdan ortiq kişi vafot etgan.













