Raqobat qömitasi tomonidan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarni birja savdolariga qöyiş tartibiga rioya etilişi ustidan tizimli nazorat olib borilib, aniqlangan qonunbuzilişlar yuzasidan tegişli çoralar körilmoqda.
Jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasida “ECO TEKS CLUSTER” MÇJ faoliyatida birja savdolarini amalga oşiriş tartibi örganildi.
Aniqlanişiça, 2023-yil 1-oktabrdan 2026-yil 31-mayga qadar paxta tolasi, lint va paxta yoği mahsulotlari birja savdolariga qöyiş grafiklari tasdiqlanmasdan, töğridan-töğri şartnomalar asosida sotilgan.
Jami 38 ta holatda qonunçilik talablari buzilgani, 11 ta holatda paxta tolasi töğridan-töğri sotilişi natijasida birja kotirovkasi va şartnoma narxi örtasidagi farq hisobiga 183,8 mln söm asossiz olingan mablağ aniqlangan.
Andijon viloyatida “SADAF SOF UNLARI” MÇJning 2025-yil iyul–dekabr va 2026-yil yanvar–aprel oylarida birja savdolari orqali xarid qilingan buğdoyni qayta işlaş va buğdoy unini realizatsiya qiliş faoliyati örganilganida, jamiyat tomonidan jami 3 918 tonna buğdoy xarid qilinib, undan 2 646 tonna 75 foizli buğdoy uni işlab çiqarilgani aniqlangan.
Birja savdolariga 2025-yil iyul oyida rejaga nisbatan 258 tonna mahsulot kam qöyilgan. Sentabr oyida 840 tonna, oktabr oyida 910 tonna, noyabr oyida 810 tonna mahsulot birja savdolariga umuman qöyilmagan. Dekabr oyida rejaga nisbatan 570 tonna mahsulot kam qöyilgan.
Mahsulotlarni belgilangan hajm va muddatlarda birja savdolariga qöyiş, reja-jadvallarga rioya qiliş hamda özgarişlar haqida vakolatli organ va birjani öz vaqtida xabardor qiliş talablari buzilgan.
Jizzax viloyatida olib borilgan örganiş va tahlillar davomida “GROUPTEXTIL” MÇJ tomonidan 2025-yil dekabr oyida 2 holatda 1 186 tonna, qariyb 4,1 mlrd sömlik paxta çigiti (texnik) va tola mahsulotlarini birjaga qöyiş uçun rejalaştirilgan yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulot hajmining bir qismini tasdiqlangan muddatlar va hajmlarda savdoga çiqarmaganlik holatlari mavjudligi aniqlangan.
Qaşqadaryo viloyatida “Kasbi tegirmoni” MÇJ birjaga qöyiş uçun rejalaştirgan yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulot hajmining bir qismini savdoga çiqarmaganlik holatlari aniqlangan.
Mazkur holatlar böyiça yuqoridagi subyektlarga nisbatan hududiy organlarning Maxsus komissiyalari tomonidan iş qözğatilib, asossiz olingan mablağlarni qaytariş va qonunbuziliş holatini bartaraf etiş hamda kelgusida bunday holatlarga yöl qöymaslik yuzasidan bajarilişi majburiy bölgan körsatmalar berildi.








