Motam 26 fevraldan boşlanadi. Bu haqda Misr prezidenti ma'muriyatida ma'lum qilingan.

Avvalroq Muborak Qohiradaga harbiy gospitalda 91 yoşida vafot etgani ma'lum qilingandi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, sobiq prezidentning vafotiga yaqinda oşqozonida ötkazgan jarrohlik operatsiyasidan keyingi asoratlar sabab bölgan.

Misrning harbiy xizmat haqidagi qonuniga köra, Muborak harbiy uçuvçi bölgani sababli harbiy ehtirom bilan dafn etiladi. Dafn marosimi Muborak öz hayotining katta qismini yaşagan Geliopolis şahridagi qabristonda bölib ötadi. 

Husni Muborak Misrni 1981 yildan 2011 yilgaça boşqargan, keyin «arab bahori» voqealari sifatida tarixga kirgan namoyişlar natijasida 2011 yil 3 fevralda iste'foga çiqişga majbur bölgan. Şundan keyin u hibsga olinib, korrupsiyada hamda namoyişçilarning halok bölişida aybdor deb topilgan. Muborak uşbu ayblovlar böyiça umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

Misr kassatsiya sudi Muborakdan namoyişçilarning halok bölişi böyiça barça ayblovlarni bekor qilgaç, sobiq prezident 2017 yilda ozodlikka çiqqan.