Pentagon yadro quroli modernizatsiya qiliş va işonçliligini ta'minlaş böyiça beş yillik rejani amalga oşiriş doirasida AQŞ kongressidan 167 mlrd dollar söramoqçi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Agentlikning ma'lumot berişiça, Amerika mudofaa vazirligi yadroviy xarajatlarni har yili oşirib bormoqçi.
Mudofaa vazirligi e'lon qilgan hujjatlarga köra, 2021 moliyaviy yilda (1 oktyabrdan boşlanadi) tegişli harbiy dastur uçun 28,9 mlrd dollar sarflaş rejalaştirilgan. 2022 yilda Pentagon yadro qurollarini modernizatsiya qiliş uçun 30 mlrd, 2023 yilda 33 mlrd dollar söramoqçi. 2024 yilda yadro qurollari uçun xarajatlar 37 mlrd dollarga, 2025 yilga kelib esa 38 mlrd dollargaça yetişi közda tutilgan.
Davlat departamenti ma'lumotlariga köra, AQŞ 2018 yil 5 fevral holatiga köra 652 ta yadro quroli taşuvçisi va 1350 dona yadroviy kallaklarga ega bölgan.












