27 fevral kuni prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni rivojlantiriş orqali kambağallikni qisqartirişga qaratilgan çora-tadbirlar böyiça videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

«Barça viloyat, tuman va şahar hokimlariga savol bermoqçiman. Qaysi biringiz oxirgi uç yil içida haqiqatan ham kambağal oilaning uyiga borib, dardini eşitdingiz? Biror mahallada kambağal oilalarni yiğib, bir piyola çoy ustida balandparvoz gaplarsiz, kamsitmasdan, ularning bu holati uçun biz ham javobgar ekanimizni his qilgan holda muammosini hal qilib berdingizmi? Bu savolga qoniqarli javob yöq, desam adolatdan böladi», - dedi Şavkat Mirziyoyev kambağallikni qisqartirişga bağişlangan videoselektorda.

Xalqning real bandligini ta'minlaşga qaratilgan barça harakatlarni qöllab-quvvatlaş lozim ekanligi haqida gapirgan prezident videoselektorda şunday dedi:

«Biz hududlarda kambağal fuqarolarning röyxati haqida gapirdik. Endi bu raqamlarni yaşiriş, or qiliş bilan hal qilolmaymiz. Kambağal fuqarolarimizning aniq röyxati bundan keyin kerak bölsa, har bir mahallaga ilib qöyiladi. Toki şunga qarab har bir rahbar özining faoliyatiga baho bersin, vijdoni qiynalsin.

Kambağallikni kamaytiriş, odamlarimizni kasbga öqitib, özini özi boy qilişiga erişiş bitta majlis bilan hal bölib qolmaydi, albatta. Şuning uçun xalqimizning real bandligini ta'minlaşga qaratilgan barça harakatlarni qöllab-quvvatlaşimiz lozim. 

Xususan, endi nodavlat-notijorat taşkilotlar bilan hamkorlikda odamlarimizni tadbirkorlikka öqitişning eng ilğor dasturlari işlab çiqiladi. Kasbga öqitişda nodavlat taşkilotlar faol jalb qilamiz. 

Joriy yilning 1 apreliga qadar har bir hududda kamida bittadan eng yaxşi kasbga tayyorlaş öquv dasturi böyiça nodavlat taşkilotlari örtasida tanlov ötkaziladi. Tanlov ğoliblariga öz işini taşkil qiliş uçun bandlikka kömaklaşiş jamğarmasidan grant ajratiladi. Ular qisqa muddatda binolar bilan ta'minlanadi. Ularning samarali faoliyat körsatişi uçun barça şaroitlarni yaratib beramiz.

Yana bir gap: kambağal aholini işga olgan lider korxonalarga bank kredit foizining Markaziy bank asosiy stavkasidan ortiq qismi tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi hisobidan qoplab beriladi. Agar öşa korxonalarda işlovçi kambağal aholi vakillari 70 foizga yetsa, kredit muddati ikki yilgaça uzaytiriladi. Kambağalni suyagan tadbirkorni boşimizda kötarişimiz kerak, u faoliyatini kengaytirişi uçun barça şaroitlarga ega bölsin», — deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.